Yangi o‘quv yilidan Toshkent davlat yuridik universiteti advokatlik faoliyati, xalqaro arbitraj va nizolarni hal etish, sport huquqi, intellektual mulk va axborot texnologiyalari huquqi kabi mutaxassisliklar bo‘yicha magistrlar tayyorlashni boshlaydi, deb xabar bermoqda universitet axborot xizmati.
Qayd etilishicha, istiqbolda korrupsiya muammolariga doir yangi mutaxassislik ochish ham ko‘zda tutilgan.
Joriy yilda TDYUU magistratura bosqichiga 2 ming 789 nafar abituriyent hujjat topshirgan bo‘lib, ularning 150 nafardan ziyodi o‘qishga qabul qilinadi. Bu safargi kirish imtihonlari faqatgina test sinovlaridan iborat. Mazkur amaliyot universitetda ilk bor joriy qilinmoqda.
“Yana bir yangilik shundaki, endilikda ba’zi toifadagi magistrantlar ishlab chiqarishdan ajralmagan holda masofaviy shaklda ta’lim olishi mumkin. 2020 yil 29 apreldagi “O‘zbekiston Respublikasida yuridik ta’lim va fanni tubdan takomillashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi prezident farmoniga muvofiq keyingi o‘quv yilidan boshlab huquqshunoslik sohasida bakalavriatni imtiyozli diplom bilan tugatgan bitiruvchilarga magistraturaga imtihonsiz kirish imkoniyati yaratiladi.
Faqat bu holda ular to‘lov-kontrakt summasining 50 foizini to‘lashi hamda o‘qishni tamomlagandan so‘ng yuridik fakultetlar, litsey yoki texnikumlarda kamida uch yil uzluksiz ishlash majburiyatini zimmasiga olishi kerak”, deya universitet axborot xizmati rahmati Nargiza Umarovaning so‘zlarini keltirmoqda Kun.uz muxbiri.
Umarovaning qo‘shimcha qilishicha, magistraturaga test sinovlarisiz, to‘lov-kontrakt asosida kirish imtiyozi davlat hokimiyati va boshqaruvi organlarining markaziy apparatida kamida besh yil mobaynida yuridik mutaxassislik bo‘yicha ishlab kelayotgan rahbar xodimlarga ham tegishli. Bunday imkoniyat, shuningdek, yuridik texnikumlarning rahbar va pedagoglariga taqdim etilmoqda. Ular texnikumda kamida uch yil ishlagan bo‘lishi hamda magistraturani tamomlagach ta’lim dargohida yoxud adliya organlarida yana kamida uch yil uzluksiz ishlab berishi shart. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
Xalqaro jinoyat sudining orderi Isroilni nega qo‘rqityapti?
Shavkat Mirziyoyev Rossiya bosh prokurori bilan uchrashuv o‘tkazdi
Qozog‘iston Ukraina atrofidagi vaziyat tufayli harbiy va fuqarolik obyektlari xavfsizligini kuchaytirdi
O‘mon sultonligi elchisi: «Urushlarni harbiy kuch bilan hal qilib bo‘lmaydi»
2026 yilda bo‘lajak mundialning favoritlari reytingi taqdim etildi
Italiya sudi Quddus Isroil poytaxti emasligi haqida qaror chiqardi