20:23 / 11.09.2020
2 549

O‘zbekistonda koronavirusdan zararlanish holatlari soni 46 mingdan oshdi

O‘zbekistonda koronavirusdan zararlanish holatlari soni 46 mingdan oshdi
Sog‘liqni saqlash vazirligi O‘zbekistonda kun davomida hozircha 481 kishida koronavirus aniqlangani va jami kasallanish holatlari soni 46 ming 160taga yetgani haqida xabar berdi.

Yangi holatlar (+481)
2020 yil 11 sentabr soat 17:00 holatiga ko‘ra O‘zbekistonning 8 hududida tana harorati ko‘tarilgani bois profilaktika maqsadida hamda koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo‘lgani sababli namuna olingan fuqarolar orasida 481 holat aniqlangan.

Toshkent shahrida 264 holat;
Toshkent viloyatida 70 holat;
Namangan viloyatida 50 holat;
Samarqand viloyatida 47 holat;
Andijon viloyatida 14 holat;
Namangan viloyatida 12 holat;
Qoraqalpog‘istonda 6 holat;
Qashqadaryo viloyatida 6 holat;
Farg‘ona viloyatida 5 holat;
Xorazm viloyatida 5 holat;
Navoiy viloyatida 2 holat.

Tuzalganlar (+302)
Bugun ayni paytga qadar respublikaning 7 hududida 302 bemor tuzaldi va shu vaqtgacha kasallikdan forig‘ bo‘lganlar soni 42 ming 857 nafarga yetdi.

Toshkent shahrida 183 nafar;
Toshkent viloyatida 93 nafar;
Namangan viloyatida 10 nafar;
Andijon viloyatida 6 nafar;
Qashqadaryo viloyatida 5 nafar;
Navoiy viloyatida 3 nafar;
Qoraqalpog‘iston Respublikasida 2 nafar bemor tuzaldi.

O‘lim holatlari (+4)
Kun davomida hozircha yana 4ta o‘lim holati qayd etildi va O‘zbekistonda rasmiy statistikaga ko‘ra o‘lim holatlari soni 377taga yetdi.

Qashqadaryolik 54 yoshli A.J. (erkak);
Toshkentlik 37 yoshli Sh.G. (ayol);
Parkent tumanida yashagan 62 yoshli X.A. (erkak);
Shayxontohur tumanida yashagan 49 yoshli Z.D. (ayol) vafot etdi.
Hozirda mamlakatimizda 2 926 nafar bemorga shifokorlar tomonidan belgilangan standartlar bo‘yicha davo choralari ko‘rilmoqda.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » O‘zbekiston » O‘zbekistonda koronavirusdan zararlanish holatlari soni 46 mingdan oshdi