17:04 / 12.10.2020
4 791

O‘zbekistonga janubdan quruq va issiq havo oqimi kirib kelmoqda

O‘zbekistonga janubdan quruq va issiq havo oqimi kirib kelmoqda
Respublika Gidrometeorologiya xizmati boshlangan haftada kutilayotgan ob-havo ma’lumotini e’lon qildi.
O‘tgan haftada O‘zbekiston aholisi mintaqamizga Ural hududidan kirgan sovuq oqim ta’sirini his qildi. Mamlakatimiz hududining katta qismida harorat iqlimiy me’yorlardan 4-7 darajaga past bo‘ldi.

Bugun sovuq havo respublika hududidan chekina boshladi. Harorat kunduzi 19-22 darajagacha ko‘tarilsada, bu hali hamon me’yordan 2-3 darajaga pastdir.

Ish haftasi davomida O‘zbekiston hududiga xorijiy janubdan quruq va issiq havo oqimi kirishni boshlaydi.
Butun respublika bo‘yicha ob-havo kam bulutli va yog‘ingarchiliksiz bo‘ladi.

Harorat ko‘tarilib borib, kechasi 7-10 daraja, kunduzi 22-25 daraja issiq bo‘ladi, bu iqlimiy me’yorlardan 2-4 darajaga yuqoridir.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » O‘zbekiston » O‘zbekistonga janubdan quruq va issiq havo oqimi kirib kelmoqda