09:33 / 16.10.2020
3 014

Eng kami 1 500, eng ko‘pi 1 400 000 dollar — yerfurush amaldorlar ma’lum qilindi

Eng kami 1 500, eng ko‘pi 1 400 000 dollar — yerfurush amaldorlar ma’lum qilindi
Joriy yilning 15 oktabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzurida o‘tkazilgan yig‘ilishda korrupsiyaga qarshi kurashish masalalari ham ko‘rib chiqildi.

Majlisda oxirgi olti oyda bu yo‘nalishda olib borilayotgan keskin kurash o‘z natijasini berayotgani qayd etildi. Ko‘rilgan choralar natijasida bir qator mansabdor shaxslar qo‘lga olingan bo‘lib, ularga nisbatan tergov harakatlari olib borilmoqda hamda tegishli jazo choralari belgilanishi kutilmoqda.

Jumladan, Qibray tumani hokimining investitsiya masalalari bo‘yicha o‘rinbosari J.Mashrabov 2020 yilning 11 iyun kuni Qibray tumanidan 9 gektar bo‘sh yer maydonini 60 ming AQSH dollariga sotishni taklif qilib, 35 ming AQSH dollariga sotayottan vaqtda jinoyat ustida qo‘lga olingan.

Toshkent shahar hokimligi qoshidagi kapital qurilish bosh boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari B.Allamuratov Chilonzor tumanidagi investitsiyalar va tashqi savdo bo‘limi boshlig‘i X.Shukuraliyevga 2020 yilning 25 iyun kuni Chilonzor tumanidagi 1 gektar yer maydonini 1 mln. 400 ming AQSH dollariga sotayotgan vaqtda qo‘lga olingan.

Andijon viloyati, Marhamat tumani hokimi yordamchisi U. Alijonov 2020 yilning sentabr oyida U.Alijonov yaqin aloqalari orqali Marhamat tumani hududidan 11 ga yer maydoni ajratish uchun jami 29 000 AQSH dollari miqdoridagi noqonuniy pulni olayotgan vaqtda jinoyat ustida ushlangan.

Farg‘ona viloyati, Buvayda tumani hokimining birinchi o‘rinbosari M.Dehqanov joriy yilning oktabr oyida Buvayda tumanida joylashgan «Erkin iqtisodiy hudud»dan tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanish uchun 50 sotix yer maydonini rasmiylashtirib berish evaziga 20 000 AQSH dollari olgan vaqtida jinoyat ustida qo‘lga olingan.

Toshkent viloyati Oqqo‘rg‘on tumani hokimi o‘rinbosari A.To‘ymachov, Kadastr bo‘limi boshlig‘i I.Qoraboyev bilan birgalikda 2020 yilning 18 mart kuni Oqqo‘rg‘on tumanida joylashgan 1,5 ga yer maydonini 1500 AQSH dollariga sotayotgan vaqtida jinoyat ustida qo‘lga olingan.

Toshkent viloyati Bo‘stonliq tumani hokimining o‘rinbosari Z.Mirzaxodjayev 2020 yilning oktabr oyida Bo‘stonliq tumanida joylashgan 5 sotix yer maydonini 25 ming AQSH dollariga sotayotgan vaqtida jinoyat ustida qo‘lga olingan.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Fikrlar (0)