23:59 / 16.10.2020
2 825

Respublika akusherlik va ginekologiya markaziga yangi direktor va bosh shifokor tayinlandi

Sog‘liqni saqlash vazirining tegishli buyruqlariga ko‘ra, Respublika ixtisoslashtirilgan akusherlik va ginekologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazining direktori va bosh shifokori lavozimlariga tayinlovlar amalga oshirildi. Bu haqda «Xalq so‘zi Online» xabar berdi.

Unga ko‘ra, Natalya Nodirxonova markaz direktori etib tayinlangan. U 1969 yilda Buxoro viloyatida tug‘ilgan. Samarqand davlat tibbiyot institutini tamomlagan. Ko‘p yillar Buxoro viloyatidagi bir qancha tibbiyot muassasalarida ginekologiya sohasida, jumladan, Buxoro viloyat perinatal markazi direktori lavozimida ham faoliyat yuritgan. II-darajali «Sog‘lom avlod uchun» ordeni sohibasi.

2018—2019 yillarda Respublika ixtisoslashtirilgan akusherlik va ginekologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazining bosh shifokor muovini hamda 2019 yildan hozirgi vaqtga qadar markaz direktorining davolash ishlari bo‘yicha o‘rinbosari – bosh shifokor lavozimida faoliyat yuritib kelgan.

Respublika ixtisoslashtirilgan akusherlik va ginekologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazining davolash ishlari bo‘yicha o‘rinbosari – bosh shifokor lavozimiga esa Aminjon Saparov tayinlangan.

U 1983 yilda Samarqand viloyatida tug‘ilgan. Toshkent davlat tibbiyot institutini tamomlagan, akusher-ginekologiya sohasida ishlash barobarida ilmiy faoliyat ham olib borgan. Shuningdek, Rossiyaning I.I.Mechnikov nomidagi shimoli-g‘arbiy davlat tibbiyot universitetining aspiranturasini tamomlagan. 2018 yildan buyon markazning bosh shifokori o‘rinbosari lavozimida ishlab kelgan.

Eslatib o‘tamiz, 2019 yilda Respublika ginekologiya markazining mansabdor shaxslari ikki yil ichida markazning jami 15,3 milliard so‘m pul mablag‘lari talon-toroj qilingani yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgandi. Keyinroq prokuratura tekshiruvidan so‘ng markazning ayrim shifokorlari maoshi 15 million so‘mgacha oshgan.

Respublika akusherlik va ginekologiya markaziga yangi direktor va bosh shifokor tayinlandiSog‘liqni saqlash vazirining tegishli buyruqlariga ko‘ra, Respublika ixtisoslashtirilgan akusherlik va ginekologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazining direktori va bosh shifokori lavozimlariga tayinlovlar amalga oshirildi. Bu haqda «Xalq so‘zi Online» xabar berdi.

Unga ko‘ra, Natalya Nodirxonova markaz direktori etib tayinlangan. U 1969 yilda Buxoro viloyatida tug‘ilgan. Samarqand davlat tibbiyot institutini tamomlagan. Ko‘p yillar Buxoro viloyatidagi bir qancha tibbiyot muassasalarida ginekologiya sohasida, jumladan, Buxoro viloyat perinatal markazi direktori lavozimida ham faoliyat yuritgan. II-darajali «Sog‘lom avlod uchun» ordeni sohibasi.

2018—2019 yillarda Respublika ixtisoslashtirilgan akusherlik va ginekologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazining bosh shifokor muovini hamda 2019 yildan hozirgi vaqtga qadar markaz direktorining davolash ishlari bo‘yicha o‘rinbosari – bosh shifokor lavozimida faoliyat yuritib kelgan.

Respublika ixtisoslashtirilgan akusherlik va ginekologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazining davolash ishlari bo‘yicha o‘rinbosari – bosh shifokor lavozimiga esa Aminjon Saparov tayinlangan.

U 1983 yilda Samarqand viloyatida tug‘ilgan. Toshkent davlat tibbiyot institutini tamomlagan, akusher-ginekologiya sohasida ishlash barobarida ilmiy faoliyat ham olib borgan. Shuningdek, Rossiyaning I.I.Mechnikov nomidagi shimoli-g‘arbiy davlat tibbiyot universitetining aspiranturasini tamomlagan. 2018 yildan buyon markazning bosh shifokori o‘rinbosari lavozimida ishlab kelgan.

Eslatib o‘tamiz, 2019 yilda Respublika ginekologiya markazining mansabdor shaxslari ikki yil ichida markazning jami 15,3 milliard so‘m pul mablag‘lari talon-toroj qilingani yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgandi. Keyinroq prokuratura tekshiruvidan so‘ng markazning ayrim shifokorlari maoshi 15 million so‘mgacha oshgan.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » O‘zbekiston » Respublika akusherlik va ginekologiya markaziga yangi direktor va bosh shifokor tayinlandi