2 815
IIV YHXBB uch oy ichida xarid qilgan avtomobillari to‘g‘risida tarqalgan xabarlarga munosabat bildirdi
Ichki ishlar vazirligi Yo‘l harakati xavfsizligi bosh boshqarmasi 2020 yilning avgust—oktabr oylarida 28,3 milliard so‘mlik transport vositalarini xarid qilgani to‘g‘risida xabar berilgandi. YHXBB mazkur holatga izoh berib, mashinalar xizmat doirasida foydalanish uchun sotib olinganini bildirdi.
Haqiqatdan ham, Ichki ishlar vazirligi Yo‘l harakati xavfsizligi bosh boshqarmasi tomonidan amaldagi normativ-huquqiy hujjatlar talablari asosida xizmatda foydalanish uchun 2020 yil avgust—oktabr oylarida 15 ta Equinox, 20 ta Cobalt, 13 ta Lacetti 1,5 (L-Comfort Plus), 1 ta Lacetti 1,5 (L-Elegant/AT Plus), 2 ta Volkswagen Caddy , 14 ta avtobus (SAZ HC-40) va 16 ta Malibu-2 rusumli avtotransport vositalari 18 milliard 789 million 813 ming so‘mga xarid qilindi.
Ushbu avtotransport vositalari faqat xizmat vazifalarni bajarish maqsadida xarid qilinganligini ma’lum qilamiz.
Barchadan xarid qilingan avtomashinalar soni va narxiga aniqlik kiritilmagan norasmiy ma’lumotlarni ijtimoiy tarmoqlar orqali tarqatmaslikni, bu bilan fuqarolarni noto‘g‘ri ma’lumotlar bilan chalg‘itmasliklarini so‘rab qolamiz.
IIV YHXBB axborot xizmati
Ushbu avtotransport vositalari faqat xizmat vazifalarni bajarish maqsadida xarid qilinganligini ma’lum qilamiz.
Barchadan xarid qilingan avtomashinalar soni va narxiga aniqlik kiritilmagan norasmiy ma’lumotlarni ijtimoiy tarmoqlar orqali tarqatmaslikni, bu bilan fuqarolarni noto‘g‘ri ma’lumotlar bilan chalg‘itmasliklarini so‘rab qolamiz.
IIV YHXBB axborot xizmati
Eslatib o‘tamiz, 2020 yilning fevralida YPX inspektorlariga Tracker, Gentra, Nexia-3 kabi 138 ta yangi xizmat avtomobillari topshirilgan edi. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
2026 yilda bo‘lajak mundialning favoritlari reytingi taqdim etildi
Xalqaro jinoyat sudining orderi Isroilni nega qo‘rqityapti?
22 noyabr kuni Cobalt avtomobiliga shartnoma ochilishi e’lon qilindi
Italiya sudi Quddus Isroil poytaxti emasligi haqida qaror chiqardi
Superliga. OKMK safarda "Paxtakor"ni mag‘lub etdi va 11 yillik qora an’anaga chek qo‘ydi
Ramzan Qodirov G‘arb davlatlariga hujum qilishga chaqirdi: “Haqiqiy urush qandayligini his qilishsin”