Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi OTMlarning milliy reytingini e’lon qildi.
Qayd etilishicha, fevral-iyun oylarida respublikaning 57ta oliy ta’lim muassasalari (filiallari bilan birga) faoliyati tahlil qilingan va 2020 yil 1 yanvar holatiga ularning reyting natijalari tayyorlangan.
Reytingga muvofiq, gumanitar va iqtisodiy sohada O‘zbekiston milliy universiteti, Samarqand davlat universiteti, Toshkent moliya instituti, Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti yetakchi o‘rinlarni egalladi.
Nukus davlat pedagogika instituti, Qo‘qon davlat pedagogika instituti, Guliston davlat universiteti, Jizzax davlat pedagogika instituti kabilar esa so‘nggi o‘rinlarga joylashdi.
Shuningdek, ushbu sohada O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi, Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti, Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti avvalgi yilga nisbatan yuqori pog‘onalarga ko‘tarilgan.
Texnika va qishloq xo‘jaligi sohasida Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti, Toshkent axborot texnologiyalari universiteti, Toshkent davlat agrar universiteti, Toshkent temir yo‘l transporti muhandislari instituti yetakchi o‘rinlarni egalladi.
Andijon mashinasozlik instituti, Buxoro muhandislik texnologiya instituti, Samarqand veterinariya tibbiyot instituti, Samarqand davlat arxitektura-qurilish instituti quyi o‘rinlardan joy oldi.
Toshkent davlat texnika universiteti, Toshkent arxitektura-qurilish instituti kabi OTMlar avvalgi yilga nisbatan yuqori pog‘onalarga ko‘tarilgan.
Tibbiyot sohasida Toshkent stomatologiya instituti, Toshkent tibbiyot akademiyasi, Buxoro davlat tibbiyot instituti yetakchi o‘rinlarni egalladi. Buxoro davlat tibbiyot instituti o‘tgan yilgi reytingdagi 16-o‘rindan yuqoriga ko‘tarilib, 12-o‘ringa chiqdi.
Toshkent farmatsevtika instituti, Andijon davlat tibbiyot instituti esa so‘nggi o‘rinlarni egalladi.
Madaniyat, san’at va sport sohasida O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti, O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti yetakchi o‘rinlarga joylashdi. Mazkur OTMlar dastlabki reytinglarda eng oxirgi 10talikka tushgan edi. Joriy reytingda ular mos ravishda 29- va 32-o‘rinlarga ko‘tarilgan.
O‘zbekiston davlat xoreografiya akademiyasi sohada so‘nggi o‘rinni egalladi.
Umumiy reytingda O‘zbekiston milliy universiteti, Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti, Samarqand davlat universiteti, Toshkent axborot texnologiyalari universiteti, Toshkent davlat agrar universiteti yetakchi o‘rinlarni qayd etgan.
Nukus davlat pedagogika instituti, Qo‘qon davlat pedagogika instituti, Guliston davlat universiteti, Jizzax davlat pedagogika instituti so‘nggi o‘rinlarda qolmoqda. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
2026 yilda bo‘lajak mundialning favoritlari reytingi taqdim etildi
Xalqaro jinoyat sudining orderi Isroilni nega qo‘rqityapti?
22 noyabr kuni Cobalt avtomobiliga shartnoma ochilishi e’lon qilindi
Italiya sudi Quddus Isroil poytaxti emasligi haqida qaror chiqardi
Superliga. OKMK safarda "Paxtakor"ni mag‘lub etdi va 11 yillik qora an’anaga chek qo‘ydi
Ramzan Qodirov G‘arb davlatlariga hujum qilishga chaqirdi: “Haqiqiy urush qandayligini his qilishsin”