13:06 / 31.10.2020
3 154

«O‘zbekistondagi 50 yillik tizim sekin-sekin yo‘q bo‘lib ketdi» — Shavkat Mirziyoyev

«O‘zbekistondagi 50 yillik tizim sekin-sekin yo‘q bo‘lib ketdi» — Shavkat Mirziyoyev
Foto: Prezident matbuot xizmati
O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 30 oktabr kuni mamlakatda ta’lim-tarbiya tizimini takomillashtirish, ilm-fan sohasi rivojini jadallashtirish masalalari muhokamasi bo‘yicha videoselektor yig‘ilishi o‘tkazdi.

Yig‘ilishda davlat rahbari tomonidan ta’kidlanishicha, bugungi kundagi eng asosiy masala Xalq ta’limi vazirligidagi vaziyat hisoblanadi.

«Bir paytlar juda katta, yaxshi tizimimiz bor edi, ta’lim-tarbiya, ilm. Lekin, ming afsus, O‘zbekistondagi 50 yillik tizim sekin-sekin yo‘q bo‘lib ketdi, desak, to‘g‘ri bo‘ladi. Agar biz maktabgacha ta’lim, maktab ta’limini joy-joyiga qo‘ymas ekanmiz, aytgan rejalarga erisha olmaymiz», — dedi Shavkat Mirziyoyev.

Prezidentning ma’lum qilishicha, Xalq ta’limi vazirligida ham moddiy, ham ma’naviy jihatdan tubdan o‘zgarish bo‘ladi.

Davlat rahbarining qayd etishicha, muallimning, ilmiy xodimning, ziyolilarning, ilmiy-tadqiqot institutlarining obro‘si birinchi darajaga chiqarilmasa, qo‘yilgan vazifalarga erishib bo‘lmaydi.

«O‘zbekistonda adolat, iqtisodiyot, ma’naviyat, ma’rifat nuqtai nazaridan ishongan kuchim — muallimlar, ziyolilar», — deya ta’kidladi Prezident.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » O‘zbekiston » «O‘zbekistondagi 50 yillik tizim sekin-sekin yo‘q bo‘lib ketdi» — Shavkat Mirziyoyev