15:30 / 30.11.2020
4 885

Dekabr oyida qanday ob-havo kutilmoqda? «O‘zgidromet» ma’lumoti

Dekabr oyida qanday ob-havo kutilmoqda? «O‘zgidromet» ma’lumoti
Respublika Gidrometeorologiya markazi boshlanayotgan dekabr oyida kutiladigan ob-havo ma’lumotini e’lon qildi.
Dekabr qish faslining birinchi oyi bo‘lsa ham, lekin eng sovuq davr hisoblanmaydi.

Oy davomida sovuq va issiq to‘lqinlar odatda 1-2 marta kuzatiladi, ya’ni 1 yoki 2 ta kuchli sovuq va 1 yoki 2 ta huddi shunday issiqlik to‘lqinlari yuzaga kelishi mumkin. Havo sezilarli soviganda ko‘pincha dekabr oylarida minimal harorat 11-16 daraja savuqqacha tushadi.

Iliq yoki me’yoriy dekabrlarda harorat 0-5 daraja sovuq bo‘lishi mumkin. Issiq to‘lqinlar kuzatilganda havoning maksimal harorati 14-19 daraja iliqqacha, ayrim holatlarda esa 22-27 darajagacha ko‘tarilishi mumkin.

Dastlabki baholarga ko‘ra bu yilgi dekabr harorat ko‘rsatkichlari bo‘yicha o‘rtacha ko‘p yillik qiymatlarga yaqin bo‘lishi kutilmoqda.

Oy davomida haroratning kechasi 0-5 daraja sovuqdan 2-7 daraja iliqqacha, kunduzi 0-5 daraja iliqdan 10-15 daraja iliqqacha o‘zgarib turishi kutilmoqda. Respublikamizning shimolida tunda 8-10 daraja sovuq bo‘lishi mumkin. Oyning ikkinchi yarmida esa 12-15 daraja sovuq bo‘lishi mumkin.

Dekabrda yog‘ingarchilik yomg‘ir qor ko‘rinishida bo‘ladi. O‘zbekiston bo‘yicha yog‘ingarchilikli kunlar o‘rtacha 5 kundan 13 kungacha tashkil qilishi mumkin. Bir kecha kunduzda maksimal yog‘inlar miqdori sutkalik me’yordan ancha ko‘p bo‘lishi mumkin. Oxirgi 10 yil ichida namgarchilik ko‘p bo‘lgan dekabrlar 2013, 2016, 2019 yillarda qayd etilgan, Masalan, 2019 yil 22 dekabrda maksimal sutkalik yog‘inlar miqdori Toshkentda 34 mm ni tashkil qilgan.

Bu yilgi dekabrda oylik yog‘inlar miqdori me’yor atrofida, ayrim joylarda me’yordan yuqori, shimolda esa ayrim joylarda me’yordan past bo‘lishi kutilmoqda (Toshkentda dekabr oyi uchun yog‘inlar 59 mm ni tashkil qiladi). Yog‘ingarchilik oy davomida vaqti-vaqti bilan kuzatiladi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » O‘zbekiston » Dekabr oyida qanday ob-havo kutilmoqda? «O‘zgidromet» ma’lumoti