O‘zbekiston Senatining 10-yalpi majlisi 18 dekabr kuni bo‘lib o‘tishi, unda Konstitutsiyaga o‘zgartirishlar kiritish to‘g‘risidagi qonun ham ko‘rib chiqilishi xabar berilgan edi. Oliy Majlis deputati Rasul Kusherbayev kiritilayotgan o‘zgartishlar haqida ma’lum qildi.
Uning aytishicha, bu o‘zgarishlar, avvalo, Prezidentning 2020 yil 24 iyuldagi «Sudlar faoliyatini yanada takomillashtirish va odil sudlov samaradorligini oshirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi farmonida belgilangan vazifalardan kelib chiqqan bo‘lib, unga ko‘ra 2021 yil 1 yanvardan boshlab:
viloyat va unga tenglashtirilgan fuqarolik ishlari bo‘yicha, jinoyat ishlari bo‘yicha sudlar va iqtisodiy sudlar negizida sudyalarning qat’iy ixtisoslashuvini saqlab qolgan va sud ishlarini yuritish turlari bo‘yicha alohida sudlov hay’atlarini tashkil etgan holda Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar umumyurisdiksiya sudlarini tashkil etish;
- viloyat va unga tenglashtirilgan fuqarolik ishlari bo‘yicha, jinoyat ishlari bo‘yicha sudlar va iqtisodiy sudlar negizida sudyalarning qat’iy ixtisoslashuvini saqlab qolgan va sud ishlarini yuritish turlari bo‘yicha alohida sudlov hay’atlarini tashkil etgan holda Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar umumyurisdiksiya sudlarini tashkil etish;
- ma’muriy va boshqa ommaviy huquqiy munosabatlardan kelib chiqadigan ishlarni ko‘rishga ixtisoslashtirilgan Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar markazlari va Toshkent shahrida tumanlararo ma’muriy sudlarini tashkil etish, shu munosabat bilan tuman (shahar) ma’muriy sudlarini tugatish. Bunda Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar ma’muriy sudlari saqlab qolinishi nazarda tutilgan.
Farmonga asosan 2021 yil 1 yanvardan sud tizimida tashkiliy-tuzilmaviy o‘zgarishlar amalga oshirilayotganligini inobatga olib, O‘zbekiston Konstitutsiyasining 107-moddasi birinchi qismini quyidagi tahrirda bayon etish taklif etilmoqda:
«O‘zbekiston Respublikasida sud tizimi O‘zbekistan Respublikasi Konstitutsiyaviy sudi, O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi, harbiy sudlar, Qoraqalpog‘iston Respublikasi sudi, viloyatlar va Toshkent shahar sudlari, Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar ma’muriy sudlari, fuqarolik ishlari bo‘yicha tumanlararo, tuman (shahar) sudlari, jinoyat ishlari bo‘yicha tuman (shahar) sudlari, tumanlararo, tuman (shahar) iqtisodiy sudlari va tumanlararo ma’muriy sudlaridan iborat».
Bu o‘zgarishlardan maqsad fuqarolarning sudma-sud sarson bo‘lib yurishiga barham berib, ularning muammosini bir joyda hal qilish, sud tizimini boshqarish masalalarini takomillashtirib, viloyat va unga tenglashtirilgan sudlarni tashkiliy, moliyaviy va moddiy-texnik ta’minlash ishini yaxshilashga erishishdan iborat.
Shuningdek, milliy qonunchilikda rus tilidagi «zakonodatelstvo», va «akti zakonodatelstva» tushunchalari o‘zbek tilida «qonun hujjatlari» deb, rus tilidagi «zakon» va «zakonodatelniy akt» tushunchalari o‘zbek tilida bir xil «qonun» deb ishlatilgan.
Milliy normativ-huquqiy bazada davlat tilidagi «qonunchilik» tushunchasi qonunlarda ishlatilmagan.
Shu bois, «Normativ huquqiy hujjatlar to‘g‘risida»gi qonunga tegishli o‘zgartirishlar kiritish bilan bir vaqtda Konstitutsiyada ham ushbu so‘zlarni to‘g‘ri qo‘llash maqsadida «zakonodatelstvo — qonunchilik», «akt zakonodatelstva — qonunchilik hujjati», «zakonodatelniy akt — qonun hujjati» ko‘rinishida berish taklif etilmoqda.
Shu munosabat bilan, davlat tilidagi Konstitutsiyaning 7-moddasi ikkinchi qismiga, 33-moddaga, 85-modda to‘rtinchi qismi 8-bandiga, 86-modda beshinchi qismi 8-bandiga, 93-modda birinchi qismi 16-bandiga, 98-modda uchinchi qismiga, 100-modda sakkizinchi xatboshisiga, 117-modda sakkizinchi qismiga o‘zgartirishlar kiritilmoqda. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Superliga. OKMK safarda "Paxtakor"ni mag‘lub etdi va 11 yillik qora an’anaga chek qo‘ydi
Turkiya o‘zining birinchi kvant kompyuterini taqdim etdi
Metabolizm sekinlashganining belgilari
Husiylar Isroil aviabazasiga gipertovushli raketa bilan zarba berdi
Har payshanba jismoniy tarbiya va sport kuni sifatida belgilanadi
Ramzan Qodirov G‘arb davlatlariga hujum qilishga chaqirdi: “Haqiqiy urush qandayligini his qilishsin”