21:05 / 13.01.2021
1 091

Ertaga havo harorati 15 darajagacha ko‘tariladi

Ertaga havo harorati 15 darajagacha ko‘tariladi
Respublika Gidrometeorologiya markazi 14 yanvar kuni kutilayotgan ob-havo ma’lumoti xususida xabar berdi.
Toshkent shahrida havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Kechasi va ertalab tuman tushishi mumkin. Shamol sharqdan 3-8 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 0-2° sovuq, kunduzi 11-13° iliq bo‘ladi.

Qoraqalpog‘iston respublikasi va Xorazm viloyatida havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 0-5° sovuq, kunduzi 7-12° iliq bo‘ladi.

Buxoro va Navoiy viloyatlaridahavo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 2° sovuq-3° iliq, kunduzi 10-15° iliq bo‘ladi.

Toshkent, Sirdaryo, Samarqand, Jizzax viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 0-5° sovuq, kunduzi 10-15° iliq bo‘ladi.

Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 2° sovuq-3° iliq, kunduzi 10-15° iliq bo‘ladi.

Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol sharqdan 5-10 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 0-5° sovuq, kunduzi 3-8° iliq bo‘ladi.

Respublikaning tog‘li hududlarida havo o‘zgarib turadi, turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. Qor ko‘chishi xavfi bor. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 0-5° sovuq, kunduzi 2-7° iliq bo‘ladi.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Fikrlar (0)