O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 3 dekabrdagi PF-6122-son «2021 yilda rasmiy sanalarni nishonlash davrida qo‘shimcha ishlanmaydigan kunlarni belgilash va dam olish kunlarini ko‘chirish to‘g‘risida»gi Farmoniga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risidagi farmoni loyihasi e’lon qilindi.
Unga ko‘ra, «O‘zbekiston bo‘ylab sayoxat qil!» ichki turizmni rivojlantirish dasturi doirasida fuqarolarning faol dam olishi uchun eng qo‘lay sharoitlarni yaratish maqsadida qo‘shimcha dam olish kuni belgilash taklif qilinyapti.
Jumladan, 2021 yilda quyidagi qo‘shimcha dam olish kunlari belgilanadi:
- 14 may—juma;
- 2 sentabr — payshanba;
- 3 sentabr — juma;
- 31 dekabr —juma.
2021 yilda dam olish kunlari:
- 27 mart — shanba kunidan 22 mart — dushanba kuniga;
- 17 iyul — shanba kunidan 21 iyul — chorshanba kuniga;
- 24 iyul — shanba kunidan 22 iyul — payshanba kuniga ko‘chiriladi.
Bundan tashqari, farmonning 3-bandi ikkinchi xatboshi kuyidagi tahrirda bayon etiladi: 2021 yil 2 yanvar — shanba, 20 mart — shanba, 22 mart — dushanba, 15 may — shanba, 21 iyul — chorshanba, 22 iyul —payshanba va 4 sentabr — shanba kunlari barcha xodimlar uchun ish haftasining turidan qat’i nazar, dam olish kunlari hisoblanadi. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Shavkat Mirziyoyev Rossiya bosh prokurori bilan uchrashuv o‘tkazdi
22 noyabr kuni Cobalt avtomobiliga shartnoma ochilishi e’lon qilindi
Xalqaro jinoyat sudining orderi Isroilni nega qo‘rqityapti?
Italiya sudi Quddus Isroil poytaxti emasligi haqida qaror chiqardi
Qozog‘iston Ukraina atrofidagi vaziyat tufayli harbiy va fuqarolik obyektlari xavfsizligini kuchaytirdi
2026 yilda bo‘lajak mundialning favoritlari reytingi taqdim etildi