14:15 / 19.03.2021
2 285

O‘zbekistonda 20 mart kuni ayrim joylarda yomg‘ir yog‘adi

O‘zbekistonda 20 mart kuni ayrim joylarda yomg‘ir yog‘adi
«O‘zgidromet» 20 mart, shanba kuni kuzatiladigan ob-havo ma’lumotini e’lon qildi. Unga ko‘ra Toshkent shahrida havo o‘zgarib turadi, vaqti-vaqti bilan yomg‘ir yog‘adi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan 5-10 metr/sekund tezlikda esadi, 12-17 metr/sekundgacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 10-12 daraja iliq, kunduzi 12-14 daraja iliq bo‘ladi.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatida havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol g‘arbdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat kechasi 0-5 daraja iliq, kunduzi 10-15 daraja iliq bo‘ladi.

Buxoro va Navoiy viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, yomg‘ir yog‘adi, ba’zi joylarda kuchli bo‘ladi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Shamol g‘arbdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi, ba’zi joylarda 17-22 metr/sekundgacha kuchayadi. Harorat kechasi 10-15 daraja iliq, kunduzi 12-17 daraja iliq bo‘ladi.

Toshkent, Samarqand, Jizzax, Sirdaryo viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, yomg‘ir yog‘adi, ba’zi joylarda kuchli bo‘ladi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Shamol g‘arbdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi, ba’zi joylarda 17-22 metr/sekundgacha kuchayadi. Harorat kechasi va kunduzi 10-15 daraja iliq bo‘ladi.

Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, yomg‘ir yog‘adi, ba’zi joylarda kuchli bo‘ladi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Shamol g‘arbdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi, ba’zi joylarda 17-22 metr/sekundgacha kuchayadi. Harorat kechasi 10-15 daraja iliq, kunduzi 13-18 daraja iliq bo‘ladi.

Andijon, Namangan, Farg‘ona viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol g‘arbdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi, ba’zi joylarda 17-22 metr/sekundgacha kuchayadi. Harorat kechasi 5-10 daraja iliq, kunduzi 15-20 daraja iliq bo‘ladi.

Respublikaning tog‘li hududlarida havo o‘zgarib turadi, ba’zi joylarda yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor), ba’zi joylarda kuchli bo‘ladi. Qor ko‘chishi xavfi bor. Tuman tushishi mumkin. Shamol g‘arbdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi, ba’zi joylarda 17-22 metr/sekundgacha kuchayadi. Harorat kechasi va kunduzi 0-5 daraja iliq bo‘ladi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » O‘zbekiston » O‘zbekistonda 20 mart kuni ayrim joylarda yomg‘ir yog‘adi