
O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi murojaatlar bilan ishlash boshqarmasi boshlig‘ining o‘rinbosari Madumarov Sherzod Gulamaliyevich Quvasoy shahri prokurori etib tayinlandi.
Sherzod Madumarov 1974 yilda Marg‘ilon shahrida tug‘ilgan. Farg‘ona davlat universiteti hamda Toshkent davlat yuridik institutini tamomlagan.
2002—2018 yillarda Farg‘ona viloyati va Toshkent shahridagi prokuratura organlarida turli lavozimlarda faoliyat olib borgan.
2018—2019 yillarda O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi murojaatlar bilan ishlash boshqarmasi prokurori, katta prokurori, 2019—2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi murojaatlar bilan ishlash boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari bo‘lib ishlagan. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar