O‘zbekiston ilk bor Amerikaning U.S. News & World Report jurnali tomonidan tuziluvchi dunyoning eng yaxshi mamlakatlari reytingidan o‘rin oldi. Bu haqda «Yuksalish» umummilliy harakati ma’lum qildi.
Reyting to‘rtta hududdan 17 mingdan ziyod kishi o‘rtasida o‘tkazilgan so‘rovnomaga asoslangan. Ular dunyoning 78 ta mamlakatini 76 xil ko‘rsatkich bo‘yicha baholagan.
O‘zbekiston so‘rov yakunida 100 balldan 3,4 ball to‘plagan va 78 ta davlat ichida 73-o‘rinni egallagan. Reytingdan MDH mamlakatlarining yana 5 davlati — Rossiya (24-o‘rin), Ozarbayjon (66-o‘rin), Ukraina (71-o‘rin), Qozog‘iston (72-o‘rin), Belarus (75-o‘rin) joy olgan.
Eng yaxshi mamlakatlar o‘ntaligiga Kanada, Yaponiya, Germaniya, Shveysariya, Avstraliya, AQSH, Yangi Zelandiya, Buyuk Britaniya, Shvetsiya, Niderlandiya kirdi. Kanada turmush darajasi va ijtimoiy maqsadlar ko‘rsatkichi bo‘yicha 1-o‘rinni egallagan.
Ekspertlar mamlakatni odamlar rivojlanishi va o‘sishi mumkin bo‘lgan barqaror, xavfsiz, ochiq, adolatli va teng huquqli jamiyat deb hisoblaydi. Reytingda, shuningdek, ijtimoiy adolat darajasi, irqiy tenglik va o‘z faoliyatini boshlash imkoniyatlari ham hisobga olingan. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
22 noyabr kuni Cobalt avtomobiliga shartnoma ochilishi e’lon qilindi
Qozog‘iston Ukraina atrofidagi vaziyat tufayli harbiy va fuqarolik obyektlari xavfsizligini kuchaytirdi
2026 yilda bo‘lajak mundialning favoritlari reytingi taqdim etildi
Shavkat Mirziyoyev Rossiya bosh prokurori bilan uchrashuv o‘tkazdi
Italiya sudi Quddus Isroil poytaxti emasligi haqida qaror chiqardi
O‘mon sultonligi elchisi: «Urushlarni harbiy kuch bilan hal qilib bo‘lmaydi»