Vazirlar Mahkamasi qarori bilan VMning 4.04.2020 yildagi «O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining maslahatchisi – xorijda vaqtinchalik mehnat faoliyatini amalga oshirayotgan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari huquqlarini himoya qilish va xalqaro iqtisodiy hamkorlik masalalari departamenti boshlig‘ining funksional vazifalari hamda xorijda vaqtinchalik mehnat faoliyatini amalga oshirayotgan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari huquqlarini himoya qilish va xalqaro iqtisodiy hamkorlik masalalari departamenti to‘g‘risidagi nizomlarni tasdiqlash haqida»gi qaroriga o‘zgartirishlar kiritildi.
Hujjat Prezidentning «Vazirlar Mahkamasi faoliyatini takomillashtirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi qarori ijrosini ta’minlash maqsadida qabul qilingan.
O‘zbekiston Respublikasi bosh vazirining maslahatchisi – xorijda vaqtinchalik mehnat faoliyatini amalga oshirayotgan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari huquqlarini himoya qilish va xalqaro iqtisodiy hamkorlik masalalari departamenti boshlig‘ining funksional vazifalari to‘g‘risidagi nizomga qo‘shimchalar kiritildi. Xususan, uning faoliyatining asosiy yo‘nalishlari jumlasiga quyidagilar kiritildi:
- Prezidentning 10.02.2021 yildagi PF-6166-son farmoni hamda 31.05.2021 yildagi PQ-5132-son qaroriga muvofiq qonunlar, Prezidentning hujjatlari va topshiriqlarining, Vazirlar Mahkamasi qarorlarining sifatli va o‘z vaqtida bajarilishi ta’minlash;
- Prezidentning 10.02.2021 yildagi PF-6166-son farmoni va 31.05.2021 yildagi PQ-5132-son qaroriga hamda Vazirlar Mahkamasining 12.01.1999 yildagi 12-son qaroriga muvofiq ijro intizomiga so‘zsiz rioya etilishini ta’minlash.
Xorijda vaqtinchalik mehnat faoliyatini amalga oshirayotgan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari huquqlarini himoya qilish va xalqaro iqtisodiy hamkorlik masalalari departamenti tuzilmasiga makroiqtisodiy, soliq siyosati, moliya bozori, tashqi va o‘zaro savdo statistikasi sohasida hamkorlik masalalari bo‘yicha bosh mutaxassis lavozimi kiritildi. Uning tuzilmasidan tashqi va o‘zaro savdo statistikasi masalalari bo‘yicha bosh mutaxassis lavozimi chiqarib tashlandi. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
Turkiya o‘zining birinchi kvant kompyuterini taqdim etdi
Josep Borrel: “Xalqaro jinoyat sudining Netanyaxuni hibsga olish bo‘yicha qarori ijro etilishi shart”
Metabolizm sekinlashganining belgilari
Husiylar Isroil aviabazasiga gipertovushli raketa bilan zarba berdi
Superliga. OKMK safarda "Paxtakor"ni mag‘lub etdi va 11 yillik qora an’anaga chek qo‘ydi
Har payshanba jismoniy tarbiya va sport kuni sifatida belgilanadi