
«O‘zgidromet» 23 avgust, dushanba kuni qanday ob-havo kuzatilishini ma’lum qildi. Unga ko‘ra:
Toshkent shahrida havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 3-8 metr/sekund tezlikda esadi, 10-12 metr/sekundgacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 20-22 daraja, kunduzi 34-36 daraja bo‘ladi.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatida havo biroz bulutli bo‘ladi, ba’zi joylarda o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat kechasi 17-22 daraja, kunduzi 33-38 daraja bo‘ladi.
Buxoro va Navoiy viloyatlarida havo biroz bulutli bo‘ladi, ba’zi joylarda o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat kechasi 17-22 daraja, kunduzi 33-38 daraja bo‘ladi.
Toshkent, Samarqand, Jizzax, Sirdaryo viloyatlarida havo biroz bulutli bo‘ladi, ba’zi joylarda o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat kechasi 17-22 daraja, kunduzi 33-38 daraja bo‘ladi.
Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida havo biroz bulutli bo‘ladi, ba’zi joylarda o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat kechasi 19-24 daraja, kunduzi 34-39 daraja bo‘ladi.
Andijon, Namangan, Farg‘ona viloyatlarida havo biroz bulutli bo‘ladi, ba’zi joylarda o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 5-10 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat kechasi 15-20 daraja, kunduzi 32-37 daraja bo‘ladi.
Respublikaning tog‘ oldi va tog‘li hududlarida havo biroz bulutli bo‘ladi, ba’zi joylarda o‘zgarib turadi, ba’zi joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Shamol sharqdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat kechasi 12-17 daraja, kunduzi 25-30 daraja bo‘ladi.
Eslatib o‘tamiz, 18 avgust, chorshanba kunidan salqin havo massasi O‘zbekiston hududidan chekinib, uning o‘rniga Eron hududlaridan nisbatan issiq ob-havo kirib keldi. Dam olish kunlari havo harorati yana ko‘tarilishi davom etadi.
Toshkent ShahriO‘zbekiston RespublikasiQoraqalpog‘iston RespublikasiBuxoro ViloyatiSamarqand ViloyatiAndijon Viloyati O'zbekiston yangiliklari Yangiliklar
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing