08:00 / 21.09.2021
1 493

Mirziyoyev navbatdagi BTM Bosh Assambleyasida qanday tashabbuslarni ilgari suradi?

Mirziyoyev navbatdagi BTM Bosh Assambleyasida qanday tashabbuslarni ilgari suradi?
O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev 21 sentabr kuni Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh Assambleyasi 76-sessiyasining yuqori darajadagi umumsiyosiy munozaralarida videomurojaat bilan so‘zga chiqadi. Bu haqda prezident matbuot xizmati xabar qilmoqda.

Mirziyoyev xalqaro hamjamiyatga mintaqa va global kun tartibidagi dolzarb masalalar, BMTning zamonaviy tahdid va xatarlarga qarshi birgalikda chora ko‘rishdagi roli yuzasidan o‘z nuqtai nazarini taqdim etadi hamda Yangi O‘zbekistonni barpo etish yo‘lida amalga oshirilayotgan va ortga qaytmas tus solgan chuqur demokratik islohotlarning mazmun-mohiyatini ochib beradi.

O‘zbekiston yetakchisi o‘z nutqida COVID-19 pandemiyasining ijtimoiy-iqtisodiy oqibatlarini BMT tomonidan e’lon qilingan "hech kimni ortda qoldirmaslik" tamoyili asosida birgalikda yengib o‘tish masalalariga to‘xtalib o‘tadi.

Mirziyoyev tinchlik va xavfsizlikni mustahkamlash, jahon iqtisodiyotini tiklash, barqaror taraqqiyotni ta’minlash, mintaqada va global darajada muloqotni kengaytirish, inson huquq va erkinliklarini ilgari surishga qaratilgan qator muhim tashabbuslarni bildiradi.

Shuningdek, uning iqlim o‘zgarishi, atrof-muhit va biologik xilma-xillikning tanazzulga yuz tutishi, Orol dengizining qurishi kabi transmilliy tahdidlarga qarshi kurashishga qaratilgan qator muhim tashabbuslarni ilgari surishi kutilmoqda.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » O‘zbekiston » Mirziyoyev navbatdagi BTM Bosh Assambleyasida qanday tashabbuslarni ilgari suradi?