14:20 / 05.11.2021
1 742

Dam olish kunlari havo isiydi

Dam olish kunlari havo isiydi
Gidrometeorologiya xizmati dam olish kunlari uchun ob-havo ma’lumotini e’lon qildi. Bugun respublikaning barcha hududlarida quruq, shamolsiz va sovuq ob-havo bo‘lishi kutilmoqda.

Respublika bo‘yicha ba’zi joylarda changli g‘ubor bo‘ladi. Havo harorati 3-8° iliqdan ko‘tarilmaydi, bu oy boshi uchun bo‘lgan me’yoriy qiymatlardan 12-15° ga past bo‘ladi. Bunga kecha Ural hududlaridan mamlakatimizga kirib kelgan sovuq antisiklon sababchidir.

Dam olish kunlari sovuq antisiklonning ta’siri asta-sekin kuchsizlashadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi, havo harorati asta-sekin ko‘tariladi. Ertaga havo harorati kechasi 3° sovuq-2° iliqni, kunduz kuni 6-11° iliqni tashkil etadi, yakshanba kuni kechasi 0-5° iliqgacha, ba’zi joylarda esa 2° sovuqgacha bo‘lishi mumkin, kunduz kuni 9-14° iliqgacha isiydi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » O‘zbekiston » Dam olish kunlari havo isiydi