Kollejlarga qabul 2022-yildan boshlanadi. Kollej o‘quvchilarini tekin (imtiyozli) ovqatlantirish xarajatlarini qisman qoplash uchun ota-onalar to‘lovi bekor qilinadi.
Prezident qaroriga muvofiq, olimpiya zaxiralari kollejlari negizida Ta’limning xalqaro standart tasniflagichining 5-darajasiga mos ta’lim muassasasi shaklidagi olimpiya va paralimpiya zaxiralari kollejlari tashkil etiladi. Bu haqda “Huquqiy axborot” kanali ma’lum qildi.
2022-2023-o‘quv yilidan (2022-yil 1-sentabrdan):
- olimpiya va paralimpiya zaxiralari kollejlari kontingenti faqat olimpiya va paralimpiya sport turlari bo‘yicha shakllantiriladi (bundan milliy kurash hamda alohida Hukumat qarorlari bilan belgilangan sport turlari mustasno);
- O‘zbekiston Milliy paralimpiya qo‘mitasi tavsiyasiga asosan mazkur kollejlarning tegishli paralimpiya sport turlari bo‘limlariga yuborilayotgan jismoniy imkoniyati cheklangan va nogironligi bo‘lgan sportchilar uchun 10 foizgacha qo‘shimcha kvotalar ajratiladi;
- ta’lim jarayoni umumiy o‘rta ta’lim hamda o‘rta maxsus professional ta’lim bosqichlarida amalga oshiriladi;
- olimpiya va paralimpiya zaxiralari kollejlari, shuningdek, bolalar-o‘smirlar sport maktablari hamda ixtisoslashtirilgan bolalar-o‘smirlar sport maktablarida qabul kvotalari erkaklar va ayollar uchun 2024-2025-o‘quv yilidan teng ravishda belgilanadi (2022-2023-o‘quv yilida ayollar ulushi 30 foiz, 2023-2024-o‘quv yilida – 40 foiz, 2024-2025-o‘quv yilida – 50 foizni tashkil qiladi);
- o‘quvchilarni tekin (imtiyozli) ovqatlantirish xarajatlarini qisman qoplash uchun ota-onalar to‘lovi bekor qilinadi.
Qaror bilan shuningdek, Respublika olimpiya zaxiralari kolleji bazasida uch yillik “spetsialitet” dasturni amalga oshiradigan davlat OTM shaklidagi ixtisoslashtirilgan Oliy sport mahorati instituti tashkil qilinadi.
- Institutga faqat olimpiya va paralimpiya zaxiralari kollejlarini bitirib olimpiya sport turlari bo‘yicha milliy terma jamoa a’zolari bo‘lgan yoshlar sport natijalariga qarab hamda seleksiya bo‘yicha davlat granti asosida o‘qishga qabul qilinadi.
- 2022-yil 1-avgustdan hududlarda iqtidorli yoshlarni aniqlash, tanlash va saralash (seleksiya) maxsus sport tizimini boshqarish platformasi orqali amalga oshiriladi.
Avvalroq, kollej va texnikumlarga test topshiriladigan fanlar hamda baholash mezonlari tasdiqlangani ma’lum qilingandi. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
KXDR Rossiyaga 100 minggacha harbiy yuborishi mumkin
Organizm o‘zini toksinlardan qanday tozalaydi?
Omega-3 qanday qilib ozishga yordam beradi?
Donald Tramp 27 yoshli Karolin Levittni Oq uy matbuot kotibi etib tayinlamoqchi
Endi operatsiyadan so‘ng kesmalar o‘rni ikki barobar tezroq bitishi mumkin
Apple dongdor ikki ayfonini rasman eskirgan deb e’lon qildi
Jo Bayden: “Ba’zan xotinim meni kosmosga jo‘natish bilan tahdid qiladi”
Buyrak salomatligi uchun eng foydali sabzavot...