1 882
Toshkent shahri va Farg‘ona viloyati Ekologiya boshqarmalariga boshliqlar tayinlandi
Farhod Dehqonov Toshkent shahar ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish boshqarmasi rahbari etib tayinlandi, Bahromjon Jumanov Farg‘ona viloyatida shu lavozimni egalladi.
Farhod Dehqonov Toshkent shahar ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish boshqarmasi boshlig‘i etib tayinlandi.
Farhod Dehqonov 1980-yilda tug‘ilgan, mutaxassisligi: ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish. Bungacha u Toshkent shahar ekologiya boshqarmasi boshlig‘i birinchi o‘rinbosari lavozimida ishlab kelgan.
Bahromjon Jumanov esa Farg‘ona viloyati ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish boshqarmasiga rahbar bo‘ldi.
U 1970-yilda tug‘ilgan, mutaxassisligi olim-agronom. Shu vaqtgacha Davlat ekologiya qo‘mitasi huzuridagi «Davlat ekologik sertifikatlashtirish va standartlashtirish markazi» davlat unitar korxonasi direktori o‘rinbosari lavozimida ishlagan.
Davlat ekologiya qo‘mitasi matbuot xizmatining qayd etishicha, har ikkala yangi rahbar ham prezident huzuridagi Davlat xizmatlarini rivojlantirish agentligining vacancy.argos.uz sayti orqali qo‘mita tomonidan e’lon qilingan ochiq tanlov asosida ishga qabul qilingan. Ular mos ravishda 82,5 va 80 ball to‘plab, sinovdan o‘tgan hamda Davlat ekologiya qo‘mitasi tanlov komissiyasi bilan suhbatdan o‘tkazilgan. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
KXDR Rossiyaga 100 minggacha harbiy yuborishi mumkin
Organizm o‘zini toksinlardan qanday tozalaydi?
Omega-3 qanday qilib ozishga yordam beradi?
Donald Tramp 27 yoshli Karolin Levittni Oq uy matbuot kotibi etib tayinlamoqchi
Endi operatsiyadan so‘ng kesmalar o‘rni ikki barobar tezroq bitishi mumkin
Apple dongdor ikki ayfonini rasman eskirgan deb e’lon qildi
Jo Bayden: “Ba’zan xotinim meni kosmosga jo‘natish bilan tahdid qiladi”
Buyrak salomatligi uchun eng foydali sabzavot...