15:20 / 05.01.2022
1 383

Endi «zagranpasport»ni Davlat xizmatlari markazlari orqali ham olish mumkin

Endi «zagranpasport»ni Davlat xizmatlari markazlari orqali ham olish mumkin
2022 yil 1 yanvardan boshlab bir qator xizmatlar Davlat xizmatlari markazlari orqali taqdim etilishi belgilangan. Bu haqda DXA matbuot xizmati xabar berdi.

Jumladan, O‘zbekiston fuqarolariga xorijga chiqish biometrik pasportini rasmiylashtirish va berish muqobil ravishda (ichki ishlar bo‘limlari bilan bir vaqtda) Davlat xizmatlari markazlari orqali ham amalga oshiriladi. Bunda, O‘zbekiston fuqarolariga xorijga chiqish uchun biometrik pasport berish uchun to‘lov miqdori BHMning 1 baravarini (270 ming so‘m) tashkil etadi (avval BHMning 1,2 baravari bo‘lgan).

Bugungi kunda O‘zbekiston fuqarolariga xorijga chiqish biometrik pasportini berish xizmati joriy etilgan Davlat xizmatlari markazlari ro‘yxati bilan quyidagi havola orqali tanishish mumkin.

Ta’kidlanishicha, 2022 yil yakuniga qadar bosqichma-bosqich barcha Davlat xizmatlari markazlarida ushbu imkoniyatni yaratish rejalashtirilgan.

Ma’lumot uchun, 2021 yil 1 yanvardan boshlab o‘zbekistonliklar chet elga faqat «qizil pasport» bilan chiqishi tartibi joriy etilgan. Qayd etish joiz, O‘zbekistonda 2021 yil 1 iyundan boshlab bunday pasportni rasmiylashtirish eksterritorial tamoyil asosida amalga oshirilmoqda.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » O‘zbekiston » Endi «zagranpasport»ni Davlat xizmatlari markazlari orqali ham olish mumkin