17 872
Chirchiq oliy tank qo‘mondonlik-muhandislik bilim yurtida harbiy xizmatni o‘tab bo‘lganlarga OTMga kirish uchun imtiyozli tavsiyanomalar berildi
Chirchiq oliy tank qo‘mondonlik-muhandislik bilim yurtida muddatli harbiy xizmatni o‘tab bo‘lgan yigitlarga mamlakatimiz oliy ta’lim muassasalariga imtiyozli o‘qishga kirish imkonini beradigan tavsiyanomalar topshirildi, deb xabar bermoqda Kun.uz.
Shu munosabat bilan tashkil etilgan tadbirda harbiylar, ota-onalar, keng jamoatchilik vakillari hamda ommaviy axborot vositalari xodimlari ishtirok etdi.
Mazkur hujjatga muvofiq, harbiy qismlarning tegishli tavsiyanomasiga ega bo‘lgan fuqarolarga barcha yo‘nalish va mutaxassisliklar bo‘yicha mamlakatimizdagi oliy o‘quv yurtlariga o‘qishga kirishda to‘plash mumkin bo‘lgan eng yuqori ballning 27 foizi miqdorida qo‘shimcha ball shaklidagi imtiyoz beriladi.
Bilim yurti harbiy orkestri jamoasining konsert dasturi, Chirchiqdagi 15-musiqa va san’at maktabi tarbiyalanuvchilarining badiiy chiqishlari tadbirga bayramona kayfiyat bag‘ishladi. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Mariya Zaxarova ukrainaliklarni Amerika hindulariga o‘xshatdi
Velosipedda sayr qilish uchun 3 sabab: yoshartiradi, ozdiradi va umrni uzaytiradi
Zoir Mirzayev “Telefonsiz maktab”ga 300 mln so‘m mukofot berdi
Amerikalik olimlar barcha uchun birdek foydali jismoniy faollik turini aniqladi
Piyoda yurish va bog‘dorchilik bilan shug‘ullanish depressiyaga chalinishni 23 foizga kamaytiradi
“Tolibon” Afg‘onistonning Xost viloyatida besh nafar fuqaroni qamchi bilan jazoladi
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
AQSHning G‘azodagi siyosatidan norozi Davlat departamenti rasmiysi iste’foga chiqdi