13:12 / 28.02.2022
1 409

1 mart kuni O‘zbekistonning barcha hududlarida yomg‘ir yog‘adi

1 mart kuni O‘zbekistonning barcha hududlarida yomg‘ir yog‘adi
O‘zbekistonda 1 mart, seshanba kuni kutilayotgan ob-havo ma’lumoti e’lon qilindi. Unga ko‘ra:

Toshkent shahrida havo o‘zgarib turadi, vaqti-vaqti bilan biroz yomg‘ir yog‘adi. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat kechasi 8-10 daraja iliq, kunduzi 13-15 daraja iliq bo‘ladi.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatida havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol g‘arbdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat kechasi 0-5 daraja iliq, kunduzi 12-17 daraja iliq bo‘ladi.

Buxoro va Navoiy viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol g‘arbdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat kechasi 5-10 daraja iliq, kunduzi 11-16 daraja iliq bo‘ladi.

Toshkent, Samarqand, Jizzax, Sirdaryo viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, ba’zi joylarda biroz yomg‘ir yog‘adi. Shamol g‘arbdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat kechasi 6-11 daraja iliq, kunduzi 12-17 daraja iliq bo‘ladi.

Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, ba’zi joylarda biroz yomg‘ir yog‘adi. Shamol g‘arbdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat kechasi 6-11 daraja iliq, kunduzi 14-19 daraja iliq bo‘ladi.

Andijon, Namangan, Farg‘ona viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, ba’zi joylarda biroz yomg‘ir yog‘adi. Shamol g‘arbdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat kechasi 2-7 daraja iliq, kunduzi 12-17 daraja iliq bo‘ladi.

Respublikaning tog‘li hududlarida havo o‘zgarib turadi, vaqti-vaqti bilan yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) bo‘ladi. Ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol g‘arbdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat kechasi 0-5 daraja iliq, kunduzi 3-8 daraja iliq bo‘ladi.

Ob-havo1, Toshkent ob-havo1, Navoiy ob-havo1, Qarshi ob-havo1, Samarqand ob-havo1, Andijon ob-havo1, Xorazm ob-havo1

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » O‘zbekiston » 1 mart kuni O‘zbekistonning barcha hududlarida yomg‘ir yog‘adi
ePN