1 374
Qonuniylikni buzgan sudya lavozimidan ozod etildi, besh nafar sudya intizomiy jazoga tortildi
Sudyalar oliy kengashi matbuot xizmatining xabar berishicha, odil sudlovni amalga oshirishda qonuniylikni buzganligi uchun bir nafar sudya lavozimidan ozod etildi. Mas’uliyatsizligi va faoliyatida kamchiliklarga yo‘l qo‘ygani uchun turli viloyatlarda ishlayotgan besh nafar sudya intizomiy jazoga tortildi.
Qayd etilishicha, Navoiy viloyati fuqarolik ishlari bo‘yicha Karmana tumanlararo sudining sudyasi Baxtiyor Kutliyev faoliyati davomida odil sudlovni amalga oshirishda qonuniylikni buzganligi uchun lavozimidan ozod etilib, vakolatlari muddatidan ilgari tugatilgan.
Shuningdek, mas’uliyatsizligi va faoliyatida yo‘l qo‘ygan kamchiliklari uchun:
- Xorazm viloyat sudining fuqarolik ishlari bo‘yicha sudyalari G‘aybulla Mirzayev va Xushnud Boltayev;
- Xorazm viloyati jinoyat ishlari bo‘yicha Yangiariq tuman sudining raisi Jamolbek Jumaniyozov;
- Namangan viloyati fuqarolik ishlari bo‘yicha Namangan tumanlararo sudining sudyasi Ulug‘bek Hamdamov;
- Andijon viloyati jinoyat ishlari bo‘yicha Qo‘rg‘ontepa sudining sudyasi Ozodbek Ne’matullayev intizomiy jazoga tortildi. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
Josep Borrel: “Xalqaro jinoyat sudining Netanyaxuni hibsga olish bo‘yicha qarori ijro etilishi shart”
Husiylar Isroil aviabazasiga gipertovushli raketa bilan zarba berdi
Har payshanba jismoniy tarbiya va sport kuni sifatida belgilanadi
Superliga. OKMK safarda "Paxtakor"ni mag‘lub etdi va 11 yillik qora an’anaga chek qo‘ydi
Metabolizm sekinlashganining belgilari
Turkiya o‘zining birinchi kvant kompyuterini taqdim etdi