Prezidentning “Yuridik xizmat ko‘rsatish markazlari faoliyatini kengaytirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori loyihasi e’lon qilindi.
Prezidentning “Davlat organlari va tashkilotlariga yuridik xizmat ko‘rsatish faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori ijrosi yuzasidan respublikaning barcha tuman va shaharlarida Qoraqalpog‘iston Respublikasi Adliya vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar adliya boshqarmalarining huzurida Yuridik xizmat ko‘rsatish markazlari tashkil etilgan.
Adliya vazirligining 2022 yil 1 avgustdan boshlab bosqichma-bosqich markazlar tomonidan respublikaning barcha tuman va shaharlarida yuridik xizmat bilan ta’minlanmagan quyidagi davlat organlari va tashkilotlariga yuridik xizmat ko‘rsatilishini ta’minlash to‘g‘risidagi taklifi ma’qullansin:
- mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash bo‘limi;
- aholi bandligiga ko‘maklashish markazi;
- davlat soliq inspeksiyasi;
- qishloq xo‘jaligi bo‘limi;
- turizm va sport bo‘limi;
- davlat umumiy o‘rta ta’lim maktablari;
- davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlari;
- davlat ko‘p tarmoqli va oilaviy poliklinikalar.
Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi Adliya vazirligi bilan hamkorlikda:
- 2022 yil 1 avgustga qadar ko‘rsatilgan davlat organlariga shartnoma asosida “E-huquqshunos” elektron tizimini ulash va xizmat ko‘rsatish;
- bosqichma-bosqich davlat umumiy o‘rta ta’lim maktablari, maktabgacha ta’lim tashkilotlari hamda ko‘p tarmoqli va oilaviy poliklinikalarni “E-huquqshunos” elektron tizimiga bepul asosda ulash va xizmat ko‘rsatish;
- “E-huquqshunos” elektron tizimini texnik qo‘llab-quvvatlash va maslahatlar berib borish maqsadida “call-markaz” faoliyatini yo‘lga qo‘yish choralarini ko‘radi.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
Superliga. OKMK safarda "Paxtakor"ni mag‘lub etdi va 11 yillik qora an’anaga chek qo‘ydi
Turkiya o‘zining birinchi kvant kompyuterini taqdim etdi
Husiylar Isroil aviabazasiga gipertovushli raketa bilan zarba berdi
Har payshanba jismoniy tarbiya va sport kuni sifatida belgilanadi
Ramzan Qodirov G‘arb davlatlariga hujum qilishga chaqirdi: “Haqiqiy urush qandayligini his qilishsin”
Metabolizm sekinlashganining belgilari