Prezident farmoniga binoan, 2022 yilgi Navro‘z bayrami munosabati bilan O‘zbekistonda 22 va 23 mart (seshanba-chorshanba) kunlari qo‘shimcha dam olish kuni deb belgilangan.
20 mart yakshanba ekani, 21 mart esa ishlanmaydigan bayram kuni ekani hisobiga, ketma-ket 4 kun dam olish kuni bo‘ladi. Haftasiga 5 kun ishlaydiganlar uchun esa 19 mart, shanba hisobiga dam olish kunlari ketma-ket 5 kunni tashkil etadi.
Ish haftasidan qat’i nazar, barcha uchun dam olish kunlari:
20 mart, yakshanba – odatiy dam olish kuni;
21 mart, dushanba – ishlanmaydigan bayram kuni – Navro‘z;
22 mart, seshanba – qo‘shimcha dam olish kuni;
23 mart, chorshanba – qo‘shimcha dam olish kuni.
Budjet tashkilotlarida 22 va 23 martdagi qo‘shimcha dam olish kunlari mehnat ta’tilining davomiyligini 2 kunga qisqartirish hisobiga qoplanadi. Mehnat ta’tili davrida saqlanadigan o‘rtacha oylik ish haqi miqdorini hisoblashda ta’tilning amaldagi davomiyligi hisobga olinadi, unga qo‘shimcha dam olish kunlari qo‘shiladi.
Har yillik mehnat ta’tilining davomiyligi 15 ish kunidan kam bo‘lmasligi kerak. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Rossiya Kursk viloyatidagi hududlarini qaytarib olishga 50 ming harbiy to‘pladi
Tomoshabinlar nafratiga uchragan, saratonni yenggan turk aktrisasi — Vahide Perchinning murakkab taqdiri
Frontdagi vaziyat: Rossiya harbiylari Kursk oblastida qarshi hujumga tayyorlanmoqda
Ukraina QK bosh qo‘mondoni: “Frontdagi vaziyat murakkab va keskinlashishi mumkin”
Immunitetni ko‘tarish uchun 6 ta eng yaxshi vitamin
NATO sobiq qo‘mondoni: “Putin Ukrainaning taxminan 20 foizini qo‘lga kiritadi”
AQSH Isroilga puli to‘langan buldozerlarni bermadi
Tramp Putinga qo‘ng‘iroq qilib, Ukrainadagi urushni muhokama qildi