
Prezident Shavkat Mirziyoev «Oila va xotin-qizlarni tizimli qoʻllab-quvvatlashga doir ishlarni yanada jadallashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida»gi farmonni imzolagani toʻgʻrisida xabar berilgandi. Mazkur hujjatga muvofiq Oʻzbekistonda «Ibratli oila» koʻkrak nishoni ta'sis etiladi.
«Ibratli oila» koʻkrak nishoni farovon va barqaror oilalarning hayotiy tajribalarini ommalashtirish maqsadida oila institutini mustahkamlash, oilaviy qadriyatlarni saqlash va rivojlantirishga munosib hissa qoʻshgan oilalarga beriladi. Farmon bilan uni 15 may — Xalqaro oilalar kunida topshirish tartibi belgilangan.
Oila va xotin-qizlar davlat qoʻmitasi bir oy muddatda «Ibratli oila» koʻkrak nishoni toʻgʻrisidagi nizom loyihasini tasdiqlash uchun Vazirlar Mahkamasiga kiritishi lozim.
Ibratli oila1 Ko‘krak nishoni1 Farovon va barqaror oilalar1 Oilaviy qadriyatlarni saqlash1 Yangiliklar
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar