Foto: Shutterstock
“Jinoyat kodeksiga hamda Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish haqida”gi qonun loyihasi e’lon qilindi.
Bildirilishicha, so‘nggi yillarda internetda ma’lumotlar aylanmasi tobora oshib, ushbu tarmoqqa a’zo bo‘lganlar soni ko‘payib bormoqda. Bu internet va turli ijtimoiy tarmoqlarda yuklanayotgan, oshkora qilinayotgan ma’lumotlar orasida shaxsga doir ma’lumotlar hamda sir saqlanishi lozim bo‘lgan ma’lumotlarning oshkora qilinishi holatlari sonini oshirmoqda.
“Ushbu holatlar shaxsga doir ma’lumotlarni internet orqali identifikatsiya qilish imkoniyatini yaratmoqda, bundan tashqari sir saqlanishi lozim bo‘lgan ma’lumotlar oshkora qilinishi salbiy holatlarga sabab bo‘lmoqda. Buning natijasida fuqarolar shaxsiyatiga putur yetkazish, ayrim hollarda esa moddiy zarar yetkazilishi ham kuzatilmoqda”, deyiladi loyihada.
Loyihada Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 46-1- (Shaxsiy hayot daxlsizligini buzish) va 46-2-moddasini (Shaxsga doir ma’lumotlar to‘g‘risidagi qonunchilikni buzish) hamda Jinoyat kodeksining 141-1- (Shaxsiy hayot daxlsizligini buzish) va 141-2-moddasini (Shaxsga doir ma’lumotlar to‘g‘risidagi qonunchilikni buzish) ommaviy axborot vositalarida, telekommunikatsiya tarmoqlarida yoki internetda joylashtirish orqali shaxsga doir ma’lumotlarni tarqatishni nazarda tutuvchi normalar bilan to‘ldirish orqali tegishli javobgarlikni belgilash nazarda tutilmoqda. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
Josep Borrel: “Xalqaro jinoyat sudining Netanyaxuni hibsga olish bo‘yicha qarori ijro etilishi shart”
Husiylar Isroil aviabazasiga gipertovushli raketa bilan zarba berdi
Har payshanba jismoniy tarbiya va sport kuni sifatida belgilanadi
Superliga. OKMK safarda "Paxtakor"ni mag‘lub etdi va 11 yillik qora an’anaga chek qo‘ydi
Metabolizm sekinlashganining belgilari
Turkiya o‘zining birinchi kvant kompyuterini taqdim etdi