Prezidentning «2022 – 2026 yillarda Xalq ta’limi tizimini rivojlantirishning Milliy dasturini tasdiqlash to‘g‘risida»gi Farmoni loyihasi e’lon qilindi.
Unga ko‘ra, 2023 yildan boshlab umumiy o‘rta ta’lim tashkilotlari bitiruvchilari uchun yakuniy davlat attestatsiyasi Davlat test markazi tomonidan imtihonlar shaklida o‘tkazish rejalashtirilgan.
Shuningdek, Xalq ta’limi tizimidagi xodim va pedagoglar, akademik litsey pedagog va o‘quv-yordamchi xodimlari uchun bir qator soliq va boshqa imtiyozlar berilishi belgilanmoqda.
Xususan, bunda:
- Umumta’lim maktablari rahbariyati va pedagoglari uchun shahar yo‘lovchi transportidan foydalanishida 50 foiz chegirmali «O‘qituvchi» transport kartasi beriladi;
- Xalq ta’limi vazirligi tomonidan taqdim etiladigan ro‘yxat asosida tizimda faoliyat yuritayotgan pedagog va xodimlarga uy-joy sotib olish uchun 3 yillik imtiyozli davr hamda yillik qayta moliyalashtirish stavkasidan yuqori bo‘lmagan foiz stavkasi bilan 20 yil muddatga ipoteka kreditlari ajratiladi;
- xalq ta’limi tizimidagi xodimlarga har yili umumiy xodimlar soniga nisbatan bir foizdan kam bo‘lmagan miqdorda foizsiz muddatli to‘lov asosida avtotransport vositalarini sotib olish imkoniyati yaratiladi;
- pedagog va boshqa xodimlarga yer va mol-mulk solig‘i hamda kommunal xizmatlarga haq to‘lash bo‘yicha 50 foiz miqdorida imtiyoz taqdim qilinadi. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
22 noyabr kuni Cobalt avtomobiliga shartnoma ochilishi e’lon qilindi
Italiya sudi Quddus Isroil poytaxti emasligi haqida qaror chiqardi
Xalqaro jinoyat sudining orderi Isroilni nega qo‘rqityapti?
2026 yilda bo‘lajak mundialning favoritlari reytingi taqdim etildi
Superliga. OKMK safarda "Paxtakor"ni mag‘lub etdi va 11 yillik qora an’anaga chek qo‘ydi
Ramzan Qodirov G‘arb davlatlariga hujum qilishga chaqirdi: “Haqiqiy urush qandayligini his qilishsin”