1 891
Endi ID-karta va «zagranpasport»ni yo‘qotgan, yaroqsiz holga keltirganlar javobgarlikka tortiladi
«O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida»gi qonun prezident tomonidan imzolandi. Bu haqda Telegram’dagi «Huquqiy axborot» kanali xabar qildi.
Qayd etilishicha, qonun bilan biometrik pasport o‘rniga ID-kartalari joriy etilayotgani sababli ayrim kodeks va qonunlarga ID-karta tushunchasi kiritilgan. Shuningdek, ID-karta, xorijga chiqish biometrik pasportini yo‘qotganlik, ularni yaroqsiz holga keltirganlik uchun javobgarlik belgilangan.
Ijtimoiy himoya yagona reyestriga kiritilgan shaxsga, shuningdek, unga hamrohlik qiluvchi shaxsga xorijiy davlatda ixtisoslashgan tibbiy yordam ko‘rsatilganda yoki jarrohlik amaliyoti o‘tkazilganda xorijga chiqish uchun biometrik pasportini berganlik uchun davlat boji undirilmaydi.
ID-karta berganlik uchun BHMning 89 foizi miqdorida boj undiriladi. Xorijga chiqish uchun biometrik pasportni berganlik uchun esa BHMning 1 baravari miqdorida undiriladi (ilgari BHMning 1,2 baravari bo‘lgan).
Eslatib o‘tamiz, 2021 yil 1 yanvardan boshlab barcha yangi tug‘ilgan chaqaloqlarga, O‘zbekiston fuqarolariga, fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarga va O‘zbekiston hududida doimiy yashaydigan chet el fuqarolariga biometrik pasport o‘rniga 10 yil muddatga hujjat egasining shaxsini va fuqaroligini tasdiqlovchi hujjat sifatida identifikatsiya ID-kartasi berilmoqda.
ID-kartalar faqat O‘zbekiston hududida amal qiladi. ID-kartalarni berish tizimli ravishda 2021 yil 1 yanvardan 2030 yil 1 yanvargacha mamlakat aholisi uchun qo‘shimcha yuklamasiz amalga oshiriladi.
2022 yil 1 yanvardan O‘zbekiston fuqarosi, O‘zbekistonda doimiy yashovchi chet el fuqarosi va fuqaroligi bo‘lmagan shaxsning identifikatsiya ID-kartasi hamda O‘zbekiston fuqarosining xorijga chiqish biometrik pasporti («zagranpasport», «qizil pasport»)ni rasmiylashtirish va berish davlat xizmatlari markazlari orqali ham amalga oshirish yo‘lga qo‘yilgan. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
22 noyabr kuni Cobalt avtomobiliga shartnoma ochilishi e’lon qilindi
Italiya sudi Quddus Isroil poytaxti emasligi haqida qaror chiqardi
Xalqaro jinoyat sudining orderi Isroilni nega qo‘rqityapti?
2026 yilda bo‘lajak mundialning favoritlari reytingi taqdim etildi
Superliga. OKMK safarda "Paxtakor"ni mag‘lub etdi va 11 yillik qora an’anaga chek qo‘ydi
Ramzan Qodirov G‘arb davlatlariga hujum qilishga chaqirdi: “Haqiqiy urush qandayligini his qilishsin”