14:58 / 18.03.2022
1 555

O‘zbekistonda tibbiyot xodimlarining oylik maoshi kamida 10 foizga oshiriladi

O‘zbekistonda tibbiyot xodimlarining oylik maoshi kamida 10 foizga oshiriladi
Toshkentdagi «O‘zbekiston» xalqaro anjumanlar saroyida Shavkat Mirziyoyevning sog‘liqni saqlash sohasi vakillari bilan «O‘zbekiston tibbiyoti — inson qadri uchun» mavzusidagi ochiq muloqoti bo‘lib o‘tmoqda, deb xabar bermoqda «Daryo». Muloqotda davlat rahbari budjet xodimlarining maoshi har yili oshirib borilayotganini qayd etib o‘tdi.

«Bu yil ham budjet tashkilotlari qatorida, tibbiyot xodimlarining oylik ish haqini ham, kamida 10 foizga oshirishni reja qilganmiz. Bunga qo‘shimcha ravishda, soha vakillarining mashaqqatli mehnatini yanada rag‘batlantirish maqsadida, joriy yil 1 iyundan tibbiyot xodimlarining oylik maoshi malaka toifasiga qarab, yana 15 foizgacha oshiriladi. Shuningdek, yuqori texnologik murakkab operatsiyalarni bajargan shifokorlarga esa yana 25 foiz miqdorida ustama to‘lanadi», — deydi prezident.

Bundan tashqari, Tibbiyot xodimlarini rag‘batlantirish jamg‘armasiga yiliga 1,5 trillion so‘m ajratiladi.

Ushbu mablag‘lar hisobidan alohida natijaga erishgan, halol va vijdonan ishlayotgan shifokor va hamshiralarga 100 foizgacha oylik ustamalar ham belgilanadi. Yangi ish boshlagan fidoiy yosh shifokorlarga 1 million so‘mgacha maxsus oylik ustama to‘lash tartibi joriy etiladi.

Sodda qilib tushuntiradigan bo‘lsam, misol uchun, hozirgi kunda oliy toifali shifokor 4 million so‘m maosh olsa, endi ish haqining oshishi va yangi ustamalar hisobiga, 8-9 million so‘mgacha maosh olishi mumkin bo‘ladi. Hamshiralar esa, hozirgi 1,5 million so‘m o‘rniga, toifasi va erishgan natijalariga qarab, 3-4 million so‘mgacha oylik olishi mumkin», — deya qo‘shimcha qiladi Shavkat Mirziyoyev.

Bundan tashqari 2022 yil 1 maydan boshlab:
  • barcha tibbiyot xodimlari uchun dastlabki va davriy kasbiy tibbiy ko‘rik bepul o‘tkaziladi;
  • qon bilan bevosita ishlayotgan tibbiyot xodimlari gepatit «B» kasalligiga qarshi bepul emlanadi.

Bundan buyon, tibbiyot xodimlari uchun mazkur xarajatlar to‘liq budjetdan qoplanadi va bunga har yili kamida 100 milliard so‘m ajratiladi.

Ta’kidlanishicha, «Inson qadrini ulug‘lash va shifokor mehnatini qadrlash» tamoyili asosida, har yili ming nafar bemor shifokorlar, ayniqsa, sohada bir umr mehnat qilgan faxriylarga yuqori texnologik operatsiyalar davlat hisobidan bepul o‘tkaziladi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » O‘zbekiston » O‘zbekistonda tibbiyot xodimlarining oylik maoshi kamida 10 foizga oshiriladi