O‘zbekiston qonunchiligida 2022 yil 1 apreldan bir qator o‘zgarish va yangiliklar kuchga kiradi. Quyida mamlakatda kuchga kiradigan asosiy o‘zgarishlar taqdim etildi.
Nogironlik nafaqasi va pensiyasining eng kam miqdori oshiriladi
Mehnatga layoqatsiz fuqarolarga beriladigan nogironlik nafaqasi hamda ish staji to‘liq bo‘lmagan chog‘dagi nogironlik pensiyasining eng kam miqdori qo‘shimcha to‘lovni hisobga olgan holda — 440 ming so‘mdan 622 ming so‘mgacha oshiriladi.
O‘zgalar parvarishiga muhtoj nogironligi bo‘lgan 18 yoshgacha bolalarning parvarishi bilan band bo‘lgan bolaning qonuniy vakiliga har oyda 500 ming so‘m miqdorida parvarishlash nafaqasi joriy etiladi.
Keksalar uchun bir qator imtiyozlar beriladi
O‘zgalar parvarishiga muhtoj yolg‘iz keksalar va yolg‘iz yashaydigan keksalar har yili bir marotaba sanatoriylarda bepul sog‘lomlashtiriladi.
Sharoiti og‘ir va kam ta’minlangan keksalarga retseptga asosan 3 oylik ehtiyoj asosida dorilar, tibbiy va maxsus protez-ortopediya moslamalari olib beriladi hamda jarrohlik amaliyotlarining xarajatlari qoplanadi.
Og‘ir tashxisli kasal hamda nogiron keksalarga shifokorlar retseptlariga muvofiq, 3 oylik ehtiyojdan kelib chiqib dori vositalarining 50 foizigacha summasi kompensatsiya qilinadi.
Keksalarning jismoniy tarbiya va sport bilan shug‘ullanishlari uchun abonement xarajatlari qoplanadi. Davlat teatrlari va muzeylariga keksalar uchun chipta narxlari to‘liq qoplab beriladi.
Ayrim bog‘chalarga bolalarni 2 yoshdan qabul qilishga ruxsat beriladi
To‘liq quvvat bilan ishlamayotgan davlat bog‘chalariga 2 yoshdan 3 yoshgacha bolalarni pullik xizmat ko‘rsatish shaklida qabul qilishga ruxsat beriladi.
Xususiy bog‘cha va maktablarga farzandlarini yuborayotgan ota-onalar daromad solig‘idan ozod qilinadi
Nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotlari va maktablarga farzandlarini yuborayotgan ota-onalarning oyiga 3 million so‘mgacha bo‘lgan to‘lovlari daromad solig‘idan ozod etiladi. Shuningdek, Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatida 1—4-sinf o‘quvchilari bepul ovqat (nonushta yoki tushlik) bilan ta’minlanadi.
Daraxtlarni noqonuniy kesganlarni foto va videoga olib yuborganlar mukofotlanadi
Daraxtlarni noqonuniy tarzda kesish holatlari tasvirlangan foto va videolarni birinchi bo‘lib yuborgan shaxslarga BHMning bir baravari — 270 ming so‘m miqdorida pul mukofoti to‘lab beriladi. Huquqbuzarlik haqida xabar berganlarning ma’lumotlari oshkor qilinmaydi.
UzAuto Motors avtomobili faqat xarid qilish bo‘yicha shartnoma tuzgan shaxs nomiga rasmiylashtiriladi
Ushbu kompaniya tomonidan avtomototransportni xarid qilish bo‘yicha shartnoma tuzgan shaxsga avtomatik ravishda rasmiylashtiriladigan hisob-ma’lumotni Ichki ishlar vazirligi Jamoat xavfsizligi departamenti yo‘l harakati xizmatiga faqat elektron shaklda taqdim etish amaliyoti joriy qilinadi.
Toshkentda o‘lim haqida tibbiy guvohnoma berish tartibi bekor qilinadi
Tibbiyot muassasasi xodimi o‘lim holati tasdiqlangandan so‘ng, vafot etgan shaxs haqidagi ma’lumotlarni FHDYO bo‘limiga avtomatlashtirilgan axborot tizimi orqali yuboradi. FHDYO axborot tizimi orqali avtomatik ravishda o‘lim haqidagi dalolatnoma yozuvini qayd etadi va ma’lumotni tibbiyot muassasasi va Pensiya jamg‘armasiga elektron shaklda yuboradi.
Investorlar, IT-kompaniyalar ta’sischilari va axborot texnologiyalari sohasidagi mutaxassislar, shuningdek, ularning oila a’zolari uchun IT-Visa joriy etiladi
IT-Visa jismoniy shaxslarga 3 yilgacha amal qilish muddati bilan beriladi. IT-Visa egalari vizaning amal qilish muddati davomida O‘zbekistonga erkin kirib-chiqishlari, O‘zbekistonning istalgan hududida qayta ro‘yxatdan o‘tish majburiyatisiz qolishlari, O‘zbekiston fuqarolari uchun nazarda tutilgan shartlarda ta’lim va tibbiy xizmatlardan foydalanishlari mumkin.
Jismoniy shaxslarning aksiyalardan oladigan dividendlari daromad solig‘idan ozod qilinadi
2022 yil 1 apreldan 2024 yil 31 dekabrgacha:
- O‘zbekiston rezidenti va norezidenti bo‘lgan jismoniy shaxslarning aksiyalardan olgan dividendlari daromad solig‘idan ozod qilinadi;
- norezident yuridik shaxslarning aksiyalar bo‘yicha dividendlari uchun foyda solig‘ining 5 foiz stavkasi tatbiq etiladi;
- rezident va norezident jismoniy va yuridik shaxslarning xo‘jalik jamiyatlari obligatsiyalari bo‘yicha daromadlari daromad solig‘i va foyda solig‘idan ozod qilinadi.
Bir qator sohalardagi tadbirkorlar uchun ijtimoiy soliq stavkasi 1 foiz etib belgilandi
Quyidagi sohalarda faoliyat yurituvchi tadbirkorlik sub’ektlari uchun 2022 yil 1 apreldan 2025 yil 1 yanvargacha ijtimoiy soliq stavkasi 1 foiz etib belgilandi:
- chakana savdo va umumiy ovqatlanish;
- mehmonxona (joylashtirish) xizmatlari;
- avtotransportda yo‘lovchi va yuk tashish;
- transport vositalarini ta’mirlash va ularga texnik xizmat ko‘rsatish;
- kompyuter xizmatlari;
- maishiy texnikani ta’mirlash;
- agro va veterinariya xizmatlarini ko‘rsatish;
- ko‘ngilochar maskanlarda xizmatlar ko‘rsatish.
Bu imtiyoz tadbirkorlik sub’ektlari tomonidan, agar ularning yuqoridagi faoliyat turlarini amalga oshirishdan olgan daromadlari joriy hisobot (soliq) davri yakunlari bo‘yicha jami daromadning kamida 60 foizini tashkil etsa qo‘llaniladi. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
2026 yilda bo‘lajak mundialning favoritlari reytingi taqdim etildi
Xalqaro jinoyat sudining orderi Isroilni nega qo‘rqityapti?
22 noyabr kuni Cobalt avtomobiliga shartnoma ochilishi e’lon qilindi
Italiya sudi Quddus Isroil poytaxti emasligi haqida qaror chiqardi
Shavkat Mirziyoyev Rossiya bosh prokurori bilan uchrashuv o‘tkazdi
Qozog‘iston Ukraina atrofidagi vaziyat tufayli harbiy va fuqarolik obyektlari xavfsizligini kuchaytirdi