Dam olish kunlari respublika hududining katta qismida iliq va quruq ob-havo bo‘lishi kutilmoqda. Bu haqda «O‘zgidromet» xabar berdi.
Qayd etilishicha, mart oyining oxirgi kunlari O‘zbekiston hududiga Erondan iliq havo kirib kelishi boshlandi, ushbu holat aprel oyining birinchi haftasida ham davom etadi.
Dam olish kunlari O‘zbekiston hududi bo‘yicha asosan quruq va juda iliq ob-havo bo‘lishi kutilmoqda. Kunduz kunlari havo 20-24° gacha, ba’zi joylarda 25-28° gacha isiydi. Bu aprel oyi boshidagi ko‘p yillik qiymatlardan 4-6° ga yuqoridir.
Respublika hududining katta qismida ushbu kunlarda asosan kam bulutli va quruq ob-havo bo‘lishi kutilmoqda.
Faqat Toshkent, Samarqand, Jizzax viloyatlarida, shuningdek, respublikaning tog‘ oldi va tog‘li hududlarida 2 aprel shanba kuni havo bulutli bo‘ladi, kunning ikkinchi yarmida ba’zi joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi, momaqalidroq bo‘lishi mumkin. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
Ramzan Qodirov G‘arb davlatlariga hujum qilishga chaqirdi: “Haqiqiy urush qandayligini his qilishsin”
Superliga. OKMK safarda "Paxtakor"ni mag‘lub etdi va 11 yillik qora an’anaga chek qo‘ydi
Turkiya o‘zining birinchi kvant kompyuterini taqdim etdi
Har payshanba jismoniy tarbiya va sport kuni sifatida belgilanadi
Metabolizm sekinlashganining belgilari
Husiylar Isroil aviabazasiga gipertovushli raketa bilan zarba berdi