22:30 / 19.02.2015
7 359

UzMobile mart oyida GSM tarmog‘ini ishga tushiradi

UzMobile mart oyida GSM tarmog‘ini ishga tushiradi

2014 yil 12 fevralda qabul qilingan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PQ-2126 sonli «Mobil aloqa milliy operatori faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risidagi» Qaroriga muvofiq, 2015 yil mart oyidan UzMobile’ning GSM tarmog‘i Toshkent shahri va Toshkent viloyatida foydalanishga topshiriladi. Bu haqda kompaniya vakillari 19 fevral kuni Toshkent shahrida bo‘lib o‘tgan UzMobile filialining rivojlanish istiqbollariga bag‘ishlangan matbuot anjumanida ma’lum qildi, deb xabar bermoqda Kun.uz.

Shuningdek, kompaniya vakillari 2016−2017 yillarda butun O‘zbekiston hududi bo‘ylab 2G/3G va 4G texnologiyalari joriy etilgan UzMobile GSM tarmog‘ini kengaytirish ko‘zda tutilganini ma’lum qilishdi.

UzMobile abonentlari uchun qulay va arzon tarif rejalari, shuningdek, har ikki: CDMA-450 EV-DO hamda GSM 2G/3G hamda 4G LTE standartlari ustunliklaridan foydalangan holda sifatli xizmatlar taqdim etishda davom ettiriladi.

Ma’lum qilinishicha, UzMobile’ning CDMA tarmog‘i hozirda O‘zbekiston bo‘ylab 500 mingga yaqin abonentga xizmat ko‘rsatadi. Bu jami abonentlarning 2,3 foizini tashkil etadi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » O‘zbekiston » UzMobile mart oyida GSM tarmog‘ini ishga tushiradi