
Futbol bo‘yicha Osiyo Chempionlar Ligasining g‘arb mintaqasida guruh bosqich o‘yinlari yakunlandi.
So‘nggi tur o‘yinlaridan keyin pley-off yo‘llanmasiga ega bo‘lgan jamoalar va 1/8 final juftliklari ma’lum bo‘ldi. Unga ko‘ra, o‘z tarixida ilk bor pley-offga yo‘l olgan «Nasaf» nimchorak finalda «Ash-Shabob» jamoasiga qarshi bahs olib boradi. Aziz G‘aniyev to‘p tepadigan «Shabob al-Ahli» esa «Al-Hilol» bilan o‘ynaydi.
OCHL 1/8 final juftliklari bilan tanishing:
1. «Al-Hilol» Saudiya Arabistoni — «Shabob al-Ahli» BAA
2. «Ash-Shabob» Saudiya Arabistoni — «Nasaf» O‘zbekiston
3. «Ad-Duhayl» Qatar — «Ar-Rayyon» Qatar
4. «Al-Faysali» Saudiya Arabistoni — «Fulad» Eron
Mazkur bosqich o‘yinlari shu bilan 2023 yilning fevral oyida o‘tkaziladi.
Osiyo Chempionlar LigasiPley-Off JuftliklariNasaf JamoasiAsh-Shabob JamoasiAl-Hilol JamoasiO‘zbekiston Futboli O'zbekiston yangiliklari Yangiliklar
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar