date
views 1 161

UYEFA Chempionlar ligasida «To‘rtlar finali» joriy etilishi mumkin

UYEFA Chempionlar ligasida «To‘rtlar finali» joriy etilishi mumkin
Foto: EPA
Yevropa futbol assotsiatsiyalari ittifoqi YECHL pley-off bosqichini o‘zgartirilgan formatda o‘tkazishni rejalashtirmoqda. UYEFA turniri ushbu bosqichining yakunlovchi qismida «To‘rtlar finali» tizimi ishga tushishi mumkin.

«Times» nashri xabar berishicha, islohot yarimfinal va finalning standart formati o‘rnini egallaydi. Xususan, 1/2 finalda ikkita o‘yin o‘rniga bitta o‘yin o‘tkaziladi. Qolaversa, bu o‘yinlar bitta shaharda bo‘lib o‘tadi.

Nashr axborot manbasiga ko‘ra, g‘oyani Yevropa klublari assotsiatsiyasi qo‘llab-quvvatlashga tayyor, qit’aning yetakchi jamoalari ham qarshi emas.

Biroq, hozircha yakuniy qarorga kelingani yo‘q.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » UYEFA Chempionlar ligasida «To‘rtlar finali» joriy etilishi mumkin