7 may kuni (bizning vaqt bilan 8 may tongida) AQSHda katta boks oqshomi tashkil etiladi. Kechaning markaziy jangida rossiyalik Dmitriy Bivol meksikalik Saul Alvaresga qarshi ringga ko‘tariladi.
Olamsport.com sayti muxbiri ushbu jang oldidan Olimpiya o‘yinlari chempioni Bahodir Jalolovning fikrlari bilan qiziqdi.
"Bivol va Kanelo o‘rtasidagi jangda Dmitriyga muxlislik qilaman. To‘g‘ri, Saul Alvares juda tajribali, kuchli bokschi. Biroq, agar Bivol masofada yaxshi harakat qilib, oyoqda yaxshi ishlasa, raqibni o‘ziga yaqinlashtirmasa yuta oladi. Agar yaqin masofada jang bo‘lsa Bivol qiynalishi mumkin.
Agar Dmitriy 12 raund oyoqda yaxshi ishlasa, Kaneloga qiyin bo‘ladi. Lekin bu boks, bu yerda birgina zarba barchasini hal qilishi mumkin. Chunki, Kanelo oddiy bokschi emas. O‘zim Bivolga muxlislik qilaman, chunki u jamoadoshim. Jang qilish uslubi ham, oyoq harakatlari ham yaxshi.
Ammo baribir jangning yakuniy natijasi haqida aniq taxmin ayta olmayman. Lekin, Bivol yutsa yaxshi bo‘lardi", - dedi Bahodir Jalolov.
Bahodir Jalolov1, Dmitriy Bivol1, Saul Alvares1, Kanelo1 “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Immunitetni ko‘tarish uchun 6 ta eng yaxshi vitamin
Shavkat Mirziyoyev: “Falastinlik bolalar va ayollarni beg‘araz davolashga tayyormiz”
Trampning o‘g‘li Zelenskiy yaqin orada «nafaqadan» mahrum bo‘lishini yozdi
NATO sobiq qo‘mondoni: “Putin Ukrainaning taxminan 20 foizini qo‘lga kiritadi”
AQSH Isroilga puli to‘langan buldozerlarni bermadi
Tramp Putinga qo‘ng‘iroq qilib, Ukrainadagi urushni muhokama qildi
Raqobat qo‘mitasi birjada Ai-80 benzini boshlang‘ich narxiga cheklov o‘rnatdi
Fayzullayev va Yevropa: unga berilgan ikki xil baho...