07:00 / 03.05.2022
1 028

UYEFA Rossiya jamoalarini 2022/23 yilgi mavsumdagi xalqaro turnirlardan chetlatdi

UYEFA Rossiya jamoalarini 2022/23 yilgi mavsumdagi xalqaro turnirlardan chetlatdi
Foto: Getty Images
UYEFA rasmiy sayti Rossiya klublari va milliy jamoalarining tashkilot shafeligida 2022/23 yilgi mavsumda o‘tadigan barcha xalqaro turnirlardan chetlatilganini e’lon qildi.

Rossiya Premer-ligasi klublari 2022/23 yilgi mavsumda ham Chempionlar ligasi, Yevropa ligasi va Konferensiyalar ligasida ishtirok eta olmaydi. Shuningdek, rus klublari mini-futbol bo‘yicha UYEFA bayrog‘i ostida o‘tadigan musobaqalarda ham qatnasha olmaydi.

UYEFA Rossiya milliy jamoasining Millatlar ligasi turniridan ham chetlatilganini ma’lum qildi. Futbol bo‘yicha Rossiya ayollar milliy jamoasi esa Yevro-2022dan chetlatilib, uning o‘rniga Portugaliya qit’a chempionatida qatnashadigan bo‘ldi.

Qolaversa, Rossiya U21, yoshlar, o‘smirlar milliy jamoalari ham keyingi mavsum uchun xalqaro turnirlardan diskvalifikatsiya qilingani ma’lum qilingan.

UYEFA matbuot xizmati xabariga ko‘ra, Rossiyaning Yevro-2028 va Yevro-2032ni o‘tkazish borasida topshirgan arizasi ham UYEFA ijroqo‘mi tomonidan qabul qilinmasligi e’lon qilindi.

Eslatib o‘tamiz, Rossiya harbiylari 24 fevral kuni Ukraina hududiga bostirib kirgach, rus klublari va milliy jamoasi FIFA va UYEFA tomonidan joriy mavsumgi xalqaro turnirlardan chetlatilgan va Rossiyaga nisbatan turli sanksiyalar e’lon qilingan edi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » UYEFA Rossiya jamoalarini 2022/23 yilgi mavsumdagi xalqaro turnirlardan chetlatdi