Foto: UFC
AQSHning Arizona shtatida 8 may tongida UFC 274 musobaqasi bo‘lib o‘tadi. Kechaning asosiy jangi Jastin Getji va Charlz Oliveyra o‘rtasida bo‘lib o‘tadi. O‘rtaga chempionlik kamari qo‘yilgandi. Biroq yengil vazn toifasining chempioni Charlz Oliveyra belgilangan vaznni qayd eta olmadi, u 200 gramm ortiqcha vazn ko‘rsatdi. Getji esa me’yorni bajargan (70,3 kg ).
Qoidalarga ko‘ra, endi Oliveyra jangda Getjini yutgan taqdirda ham chempionlikdan mahrum bo‘ladi va kamar vakant bo‘lib qoladi. Getjining qo‘li baland kelsa, u chempionga aylanadi. Shu tariqa Oliveyra kerakli vaznni ko‘rsata olmagani sababli kamardan mahrum etiladigan UFC tarixidagi ilk chempion bo‘ldi.
Shuningdek, jang oqshomidan yana bir qator qiziqarli to‘qnashuvlar o‘rin olgan. Toni Fergyuson esa Maykl Chendlerga qarshi bahs olib borsa, Donald Serrone («Kovboy») va Jo Lozon o‘zaro to‘qnash keladi.
UFC 274 musobaqaning janglar ro‘yxati bilan tanishing:
Asosiy kard
Charlz Oliveyra—Jastin Getji
Rouz Namayunas—Karla Esparza
Maykl Chendler—Toni Fergyuson
Maurisio Rua—Ovins Sen-Pryo
Donald Serrone—Jo Lozon
Prelim kard
Rendi Braun—Kalinn Uilyams
Fransisko Trinaldo—Denni Roberts
Maki Kiasson—Norma Dumont
Brandon Ruyval—Mett Shnell
Blagoy Ivanov—Markos de Lima
Andre Fialyo—Kameron van Kemp
Tresi Kortez—Melissa Gatto
Kleyson Rodriges—C.J. Vergara
Ariane Karnelossi—Lupita Godines
Jurni Nyuson—Fernando Garsiya. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Har qanday katta yoshdagi kishi yetuk emas
AQSH harbiylari orasida o‘z joniga qasd qilish ko‘paydi
Erdo‘g‘on Turkiya Isroil bilan aloqalarini uzganini ma’lum qildi
Yaxshi pishgan va mazali anor tanlashga yordam beradigan tavsiyalar
Pashinyan Armanistonning Mustaqillik deklaratsiyani eng katta muammo va fojia deb atadi
Borrel YEIning Isroil bilan muloqotini to‘xtatishni taklif qildi
AQSH Isroilning ikki vaziriga sanksiya qo‘llamoqchi
Raqobat qo‘mitasi birjada Ai-80 benzini boshlang‘ich narxiga cheklov o‘rnatdi