Elnur Abduraimov kubalik yengilmas bokschini 2-raunddayoq nokautga uchratdi

Elnur Abduraimov kubalik yengilmas bokschini 2-raunddayoq nokautga uchratdi
Foto: «Daryo» / Dilruh Isomiddinova
Professional boksning yengil vazn toifasida harakat qilayotgan oʻzbekistonlik Elnur Abduraimov (9-0, 8 KO) 7 maydan 8 mayga oʻtar kechasi Las-Vegasda (AQSh) oʻzining navbatdagi jangini oʻtkazdi.

Oʻzbekistonlik bokschiga bu jangda kubalik Manuel Korrea (11-1, 7 KO) raqib boʻldi. Elnur qarama-qarshilikni faol boshladi va raqibini ikkinchi raunddayoq nokautga uchratdi.

Shu tariqa Elnur professional boksdagi ketma-ket 9-gʻalabasini tantana qildi. Qayd etish kerak, gʻalabalarning sakkiztasi nokaut bilan qoʻlga kiritilgan.

Izohlar 0

…

Mavzuga oid yangiliklar