00:21 / 12.05.2022
1 015

Mirjalol Qosimov: "G‘alaba bilan cheklanmasdan, yanada yuqoriroqqa harakat qilishimiz kerak"

Mirjalol Qosimov: "G‘alaba bilan cheklanmasdan, yanada yuqoriroqqa harakat qilishimiz kerak"
Superliganing 8-turidan o‘rin olgan "Qizilqum" – AGMK (1:4) uchrashuvidan keyin olmaliqliklar bosh murabbiyi Mirjalol Qosimov o‘z fikrlarini bildirdi.

O‘yin haqida
- Qiziqarli, ochiq o‘yin guvohiga aylandik. "Qizilqum" jamoasida malakali o‘yinchilar jamlangan, ular yaxshi o‘yin ko‘rsatishyapti. Yaratilgan vaziyatlardan unumli foydalanishda epchilroq harakat qildik. O‘yin so‘nggicha keskin hujumlar va chiroyli gollarni guvohi bo‘ldik. Bu bilan cheklanmasdan, yanada yuqoriroqqa harakat qilishimiz kerak. Stadionga kelgan tomoshabinlar o‘yindan rohat olgan bo‘lsa, bundan xursandmiz. Ushbu bahs tarixda qoldi, endi kelgusi o‘yinga tayyorgarlik ko‘rishimiz lozim. Negaki, may oyining taqvimi zich, shu bois, har bir uchrashuvda bo‘shashmasdan harakat qilishmiz shart.

- Zich taqvimda har bir murabbiyga rotatsiya kerak bo‘ladi. Keyingi o‘yinlarda rotatsiyalar ko‘rishimiz mumkinmi?
- Imkoniyatdan kelib chiqib rotatsiya qilamiz. Eng ko‘p rotatsiya qiladigan o‘zim bo‘lsam kerak. Shogirdlarimning barchasini imkon qadar maydonga tushirishga harakat qilaman. Tarkib raqibga qarab ham tanlanadi. Bugun ham oson o‘yin bo‘lmadi.

- Jamoa so‘nggi ikki turda 90 daqiqani yuqori tempda o‘tkazdi. Oldinda, adashmasam, uchta o‘yin bor. Jismoniy jihatdan muammolar yuzaga kelmaydimi?
- Chempionat boshi yoki oxiri bo‘lganida, xavotirlanishga asos bo‘lardi. Hozirgi vaziyatda esa o‘yinlarga avvalgidan-da jiddiyroq tayyorgarlik ko‘rish talab etiladi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Mirjalol Qosimov: "G‘alaba bilan cheklanmasdan, yanada yuqoriroqqa harakat qilishimiz kerak"