Joze Mourino bir yil ichida “Roma”ni yaxshi tomonga o‘zgartira oldi. Garchi rimliklar bu mavsum Chempionlar ligasi yo‘llanmasidan quruq qolgan bo‘lsa-da, Yevrokuboklarda ishtirokini davom ettirayotgan Italiyaning yagona jamoasi sifatida Konferensiyalar ligasi bosh sovrinini ham qo‘lga kiritishi kutilmoqda. Portugaliyalik mutaxassis kelasi mavsum uchun rejalari bilan o‘rtoqlashdi.
- Biz Chempionlar ligasiga chiqishga urinib ko‘ramiz. Lekin “Inter”, “Milan” va “Yuventus”ning transferlardagi faolligi va darajasiga qarab, ligaga yo‘llanma beradigan to‘rtta o‘rindan uchtasi band ekaniga amin bo‘lasiz.
Xullas, to‘rtinchi o‘rin bor. O‘tgan yili bu o‘rin “Atalanta”ga tekkan edi. Bu yil to‘rtinchi jamoa “Napoli” bo‘ladi. Xo‘sh, biz kelasi mavsum shu o‘ringa ko‘tarila olamizmi? Shu ish qo‘limizda keladimi?
Albatta, buni uddalay olamiz, deb o‘ylayman.
Mavsumning ikkinchi yarmida, yanvardagi transfer oynasida tarkibga ijobiy o‘zgartirish kirita oldik. Istagan o‘yinchisini sotib oladigan ayrim murabbiylarga solishtirganda, bu borada men omadsizman. Kelasi mavsumda, har bir bosqichni rivojlantirish orqali bunga erishamiz. Imkonimiz bor va bu oldimizda turgan asosiy maqsad.
Hozir hammasi bir maromda ketyapti. Chunki hali ikki yillik shartnomam bor. Klub hali uni uzaytirish bo‘yicha menga murojaat qilgani yo‘q. Ular meni qaror qabul qilish holatiga qo‘ymoqchi emas. Hammasi barqaror ko‘rinishda, aslida shunday ham bo‘lish kerak.
Men mavsumni imkon qadar yaxshiroq yakunlanish va navbatdagisiga 100 foiz tayyor bo‘lishim kerak. Men ishimni o‘zgartirmoqchi emasman va atrofimdagilar bundan yaxshigina xabardor. Ikkinchi mavsum oldidan klubni tashlab ketolmayman.
Shunday ekan keyingi mavsumda ham men shu yerda bo‘laman, - dedi Joze Mourino.
Joze Mourino Rim klubini o‘tgan yili yozda qabul qilib olgandi. Klubga egalik qiluvchi Fridkinlar oilasi portugaliyalik mutaxassis oldiga “Roma”ni Chempionlar ligasida muntazam ishtirok etadigan, Italiya chempionligi uchun kurashadigan qudratli jamoaga aylantirish vazifasini qo‘ygan.
Avvalgi klublaridan farqli ravishda Mourino jamoa tarkibini yangidan shakllantirishi talab etiladi. Ilgari yulduz darajasidagi o‘yinchilarni boshqargan Joze endi “Roma” futbolchilarini yuqori saviyaga olib chiqishi kerak.
Mourino “Roma”ga kelganidan keyin tarkibni sezilarli darajada o‘zgartirdi. Bu yangilanishlar buyog‘iga ham davom etishi kutilmoqda. Hozirgi futbolchilar jamoa oldiga qo‘yilgan uchta vazifadan ikkitasini uddalay olmadi.
Fridkinlar oilasi “Roma”ning mavsum oxirida kuchli to‘rtlikdan joy olib, Chempionlar ligasida qatnashishini istagandi. Amalda “bo‘rilar” Yevropa ligasiga yo‘l ochadigan 5-6-o‘rinlar uchun kurashyapti.
Shuningdek, poytaxtliklar Italiya kubogini erta yakunladi. Aniqrog‘i, pley-offda kuchli raqib – “INter” duch kelib, rimliklarni musobaqadan chiqarib yubordi.
Endi Mourino oldida so‘nggi vazifa – Konferensiyalar ligasi bosh sovrinini qo‘lga kiritish vazifasi turibdi. Portugaliyalik mutaxassis ayni paytda Chempionlar ligasi, Yevropa ligasi va Konferensiyalar ligasi finaliga chiqqan yagona murabbiy hisoblanadi.
Agar “Roma” 25 may kuni Albaniyaning Tirana shahrida bo‘ladigan final uchrashuvida “Feyenoord”ni yengsa, Joze Mourino UYEFA tasnifidagi uchta turnirda zafar quchgan birinchi murabbiy sifatida tarixda qoladi. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Kreml Ukraina bo‘yicha muzokarada shartlar qo‘yishga urinmoqda
Raqobat qo‘mitasi birjada Ai-80 benzini boshlang‘ich narxiga cheklov o‘rnatdi
Blinken Isroildan uchta muammoni hal etishni talab qildi
AQSH harbiylari orasida o‘z joniga qasd qilish ko‘paydi
Pashinyan Armanistonning Mustaqillik deklaratsiyani eng katta muammo va fojia deb atadi
Yaxshi pishgan va mazali anor tanlashga yordam beradigan tavsiyalar
Har qanday katta yoshdagi kishi yetuk emas
Erdo‘g‘on Turkiya Isroil bilan aloqalarini uzganini ma’lum qildi