date
views 1 265

«Liverpul» hujumchisi Muhammad Saloh YECHL finali oldidan jarohat oldi

«Liverpul» hujumchisi Muhammad Saloh YECHL finali oldidan jarohat oldi
«Liverpul» hujumchisi Muhammad Saloh «Chelsi»ga qarshi Angliya kubogi finalida jarohat oldi. Uchrashuvning 33-daqiqasida misrlik futbolchi maydon markazida yiqitildi, hujumchi o‘yinni davom ettira olmadi. Uning o‘rniga Diogo Jota maydonga tushdi.

«Chelsi»ga qarshi o‘yin Saloh uchun 2021/22 yilgi mavsumdagi 49-o‘yin bo‘ldi. 29 yoshli futbolchi joriy mavsumda 30 ta gol urdi va 16 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

Eslatib o‘tamiz, «Liverpul» yana ikki haftadan so‘ng YECHL finalida «Real»ga qarshi o‘ynaydi. Salohning ushbu o‘yingacha tiklana olishi hali noma’lum.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » «Liverpul» hujumchisi Muhammad Saloh YECHL finali oldidan jarohat oldi