“Roma” Eldor Shomurodovning goli evaziga sharmandali mag‘lubiyatdan qutilib qoldi. Hamyurtimiz 60-daqiqada zaxiradan maydonga tushib, jamoasi hujumchilariga mazmun kiritdi. Legionerimizning goli poytaxtliklarning Yevropa ligasi yo‘llanmasi uchun kurashda qolishini ta’minladi.
Uchrashuvdan keyin “Roma” bosh murabbiyi Joze Mourino o‘z fikr-mulohazalarini bildirdi.
- Bizni bir oilaga aylanishimizda qo‘lidan kelganicha yordam bergan atrofdagi barcha odamlarga minnatdorlik bildiramiz. Har doim borimizni berib o‘ynashimiz ana shu minnatdorlikning bir ko‘rinishidir. Bugun ham shunday qildik. Oxirigacha kurashdik.
Agar biz sovrin yutsak, buni birinchi navbatda o‘sha odamlar uchun qilgan bo‘lamiz. Agar biz Konferensiyalar ligasida g‘olib chiqsak, bu “Milan” yoki “Inter”ning skudettoni yutganidan ko‘ra ko‘proq hissiyot beradi. Bu biz uchun juda katta narsa. Jamoamiz muxlislari kabi o‘ziga xos. Muxlislar har doim, hatto yomon vaziyatda ham bizni qo‘llab-quvvatladi.
Bugun biz bor kuchimizni berdik, lekin yutolmadik. O‘n kishi bo‘lib qolgan raqibga qarshi 11 nafar o‘yinchi darvoza oldida bu ustunligini ko‘rsata olmadi. Men “Venetsiya”ga tezroq A Seriyaga qaytishni tilab qolaman.
Biz chempionatdagi eng ko‘p xavfli vaziyat yaratayotgan jamoalardan birimiz. Shulardan yana 6-7 tasida to‘p kirita olganimizda, yana bir necha qimmatli ochkolarga ega bo‘lardik. Gol o‘tkazib yuborgaimizdan keyin hujumni kuchaytirdik. O‘n kishiga qarshi o‘ynash har doim ham foyda keltirmaydi. “Venetsiya” barcha o‘yinchilari darvoza oldida joylashtirdi. Musobaqadagi joyimiz ancha xavfli.
Endi asosiy e’tiborni chempionatning oxirgi o‘yini va Tiranadagi finalga qaratishmizga to‘g‘ri keladi.
Hozir Genrix Mxitaryan, Nikolo Dzanolo va Feliks Afena-Gyan jarohatlangan va shu bois ulardan foydalana olmadik. Ularning Tiranadagi finalda ishtirok etish imkoniyatini so‘rayapsizlar. Kelinglar, aval chempionatdagi oxirgi uchrashuvga e’tibor qarataylik va qolgani keyin ma’lum bo‘ladi.
Pellegrini, Abraxam, Kristante va Ibanesga hordiq kerak. Lekin biz hozir har bir ochko uchun kurashyapmiz. Oldimizdagi bahsda ham shunday qilamiz. Keyin finalgacha tiklanib olishimiz shart.
Men shartnoma shartlarini to‘liq bajaraman. Kelasi mavsum va undan keyingisida ham Rimda qolaman. Imkoniyatimiz chegarasida ishlayapiz. Men kiyim almashtirish xonasiga kirib, bu yigitlarga jahl qila olmayman, - dedi Joze Mourino.
Shuningdek, “Venetsiya” bosh murabbiyi Andrea Sonchin ham quyidagicha fikr bildirdi.
- Rimdagi “Olimpiko” stadionida so‘nggi ajoyib o‘yinimizni o‘ynadik. Bu to‘qnashuv biz uchun juda katta tajriba bo‘ldi. Keyingi mavsumdan boshlab, klub uchun muhim bo‘lgan yangi maqsadlari sari yo‘lga chiqamiz. Homiylar tikayotgan mablag‘larni oqlash kerak bo‘ladi.
Men futbolchi sifatida yuori marralarni zabt etmagan bo‘lsamda, har doim o‘z oldimga yuksak maqsadlarni qo‘yganman. Murabbiylikda ham xuddi shunday. Kelajagim haqida gapirsam, “Kalyari”ga qarshi bo‘ladigan o‘yin men uchun “Venetsiya” bosh murabbiyi sifatida so‘nggisi bo‘lishi mumkin.
Quyi ligaga tushib ketganimizga qaramay, klub rahbariyatini bu loyihaga ishonishda davom etishni so‘ragan bo‘lar edim, - dedi Andrea Sonchin. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
KXDR yetakchisi dronlarni ommaviy ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yishni buyurdi
AQSH Isroilning ikki vaziriga sanksiya qo‘llamoqchi
Rossiya armiyasi Kupyanskka kirgani aytilmoqda
NATO bosh kotibi Ukrainaning frontdagi ahvoli yomonlashganini tan oldi
AQSH harbiylari orasida o‘z joniga qasd qilish ko‘paydi
Borrel YEIning Isroil bilan muloqotini to‘xtatishni taklif qildi
Raqobat qo‘mitasi birjada Ai-80 benzini boshlang‘ich narxiga cheklov o‘rnatdi
Erdo‘g‘on Turkiya Isroil bilan aloqalarini uzganini ma’lum qildi