
Byuroning Yangiyer shahar bo‘limi ish yurituviga jinoyat ishlari bo‘yicha Yangiyer shahar sudining 17.02.2022 yildagi ijro varaqasiga asosan qarzdor Sh.Gdan undiruvchi davlat foydasiga 1.194.835.793 so‘m yetkazilgan zarar undirish to‘g‘risidagi ijro hujjati 22.04.2022 yilda kelib tushgan.
Ushbu ijro hujjati yuzasidan 22.04.2022 yilda "Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish to‘g‘risida" gi Qonunning 23-moddasiga asosan ijro ishi yuritishni qo‘zg‘atish to‘g‘risida qaror qabul qilinib qarzdor Sh.G.ga qaror mazmun mohiyati tushuntirilib, tanishtirilgan.
Ijro harakatlari davomida qarzdor Sh.G.dan undiruvchi davlat foydasiga 1.194.835.793 so‘m yetkazilgan zararni to‘liq undirilib, 11.05.2022 yilda Qonunning 41-moddasi, 1-qismi 1-bandiga asosan amalda undirilib, ijro ishi tamomlandi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar