07:00 / 17.05.2022
2 285

"Qizilqum" uchun "Nasaf" maydonida to‘p surish juda noqulay, chunki...

"Qizilqum" uchun "Nasaf" maydonida to‘p surish juda noqulay, chunki...
Ro‘ziqul Berdiyev boshqaruvidagi “Nasaf” Superliganing 9-turida o‘z maydonida Navoiyning “Qizilqum” klubini qabul qiladi.

Ikkala jamoa uchun o‘yinning ahamiyati juda yuqori. Ayniqsa, mavsumni katta ishtiyoq bilan boshlagan “Qizilqum” negadir oxirgi uchta turdan beri yutolmayapti. “Nasaf” esa kutilganidek, o‘z o‘yini bilan muxlislarni xursand qilyapti. Qarshiliklar hozircha 6 ta o‘yin o‘tkazib g‘alaba va duranggi 3 tadan, hali mag‘lubiyat nimaligini bilmayapti. Qizilqum” esa 8 ta bahsda 4 ta g‘alaba qozonib, 2 tadan uchrashuvda durang va mag‘lubiyatga uchragan.

Navbatdagi o‘yin oldidan shuni aytish mumkinki, “Nasaf” va “Qizilqum” jamoalari shu kunga qadar chempionat doirasida 46 marta ro‘baro kelishgan. Katta ustunlik qarshiliklar tarafida. 28 ta bellashuvda “Nasaf” g‘olib chiqqan. 11 ta uchrashuvda kuchlar teng kelgan. Qolgan 7 ta o‘yinda “Qizilqum” jamoasi yutgan. To‘plar nisbati 86 ga 47 “Nasaf” foydasiga.

Navoiyliklar uchun “Nasaf” maydonida g‘alaba qozonish juda murakkab vazifaga aylanib qolgan. Shu paytga qadar faqat bir marta – 2008 yili “Qizilqum” Qarshida uch ochkoni qo‘lga kiritgan xolos. Umumiy ma’noda “Qizilqum” “Nasaf”ni oxirgi bor 2018 yilgi mavsumda mag‘lub etgan. Navoiydagi bahsda 2:0 hisobida mezbonlarning qo‘li baland kelgandi.

Eslatib o‘tamiz, “Nasaf” – “Qizilqum” uchrashuvi bugun soat 19:00 da boshlanadi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » "Qizilqum" uchun "Nasaf" maydonida to‘p surish juda noqulay, chunki...