
Foto: «The Sun»
Germaniyalik yengilmas bokschi Muso Yamak ugandalik Hamza Venderaga qarshi o‘tkazilayotgan jang payti olamdan o‘tdi. Fojia Myunxenda yuz berdi. Bokschining o‘limiga miokard infarkti sabab bo‘lgan.
Yarim og‘ir vazndagi ushbu bokschilar ikki raund jang o‘tkazishgan. Uchinchi raund boshlanmasidan avval nemis bokschisi hushidan ketib, ringga qulagan. Avvaliga voqea joyida, so‘ng shifoxonada yordam ko‘rsatishga urinishdi, biroq shifokorlar 38 yoshli bokschini qutqarishga ojizlik qilishdi.
Yamak professional boksda 2017 yilda faoliyat boshlagandi. O‘shandan beri 8 jang o‘tkazib, barchasida g‘alaba qozongandi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.