Superliga 9-turidan o‘rin olgan "Nasaf" - "Qizilqum" (5:0) uchrashuvidan keyin mezbonlar bosh murabbiyi Ro‘ziqul Berdiyev fikrlarini bildirdi.
O‘yin haqida
- Bugun juda yaxshi o‘yin ko‘rsatdik. Uchrashuvdan oldin yigitlarga maydonda tezkor harakat qilishlari talabini qo‘ygandik, ular buni juda yaxshi uddalashdi. Bugungi raqibimiz jiddiy edi, g‘alabamizga jamoamizning jismoniy jihatdan ustunroq ekani asosiy omil bo‘lib xizmat qildi. Muxlislarimizni va jamoamizning barcha a’zolarini g‘alaba bilan tabriklayman.
- Hisob 5:0 bo‘lishiga o‘yinda kiritilgan tezkor gol sabab bo‘ldi deb o‘ylaysizmi?
- Yo‘q, bunday demagan bo‘lardim. Yigitlar yuzaga kelgan golli vaziyatlarda sovuqqonlik bilan harakat qilib raqib darvozasini ishg‘ol qilishdi. Birinchi bo‘limda kiritgan gollarimiz raqibning rejasini buzib yuborgani tabiiy.
- Sherzod Nasrullayev qachon safga qaytadi?
- U mashg‘ulotlarda yakka tartibda ishlashni boshladi. Chempionatda yuzaga keladigan tanaffus vaqtida biz bilan jamoaviy ishlashga o‘tadi.
- Intervyularingizda jamoa tarkibini kuchaytirish haqida aytib o‘tgansiz. Bu borada rejalaringiz qanday?
- Biz ushbu masala bo‘yicha rahbariyat bilan gaplashdik. Chuqur o‘ylagan xolda muammoli chiziqlarimizni kuchaytirish rejasi bor.
- Legionerlar qachon o‘yinni asosiy tarkibda boshlaydigan darajaga chiqishadi?
- Biz ularni jamoamizga foydasi tegishi uchun chaqirganmiz. Imkoniyat beramiz, o‘yinini kuchaytirsa, asosiy tarkibda tushadi. Aks xolda xayrlashishimiz ham mumkin. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
NATO bosh kotibi Ukrainaning frontdagi ahvoli yomonlashganini tan oldi
Kreml Ukraina bo‘yicha muzokarada shartlar qo‘yishga urinmoqda
Har qanday katta yoshdagi kishi yetuk emas
Rossiya armiyasi Kupyanskka kirgani aytilmoqda
KXDR yetakchisi dronlarni ommaviy ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yishni buyurdi
Pashinyan Armanistonning Mustaqillik deklaratsiyani eng katta muammo va fojia deb atadi
Borrel YEIning Isroil bilan muloqotini to‘xtatishni taklif qildi
Blinken Isroildan uchta muammoni hal etishni talab qildi