13:44 / 18.05.2022
1 295

Ikki nafar bokschimiz tarixiy natija qayd etishmoqda

Ikki nafar bokschimiz tarixiy natija qayd etishmoqda
Turkiyada bo‘lib o‘tayotgan boks bo‘yicha ayollar o‘rtasidagi Jahon chempionatida ilk bor ikki nafar bokschimiz yarim final janglarini o‘tkazishadi.

-50 kg vazn toifasida yurtimiz sharafini himoya qilayotgan Aziza Yokubova chorak finalda italiyalik raqibini mag‘lubiyatga uchratib, o‘zbek boksi tarixida yangi sahifa ochgandi. Ya’ni bunga qadar ayol bokschilarimiz kattalar o‘rtasida JCH yarim finaliga (sovrinli o‘rin) chiqishmagan edi.

Uning ortidan +81 kg vazn toifasida yana bir qizimiz Mohira Abdullayeva ham yarim final yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi.

Bugun yarim final janglari tashkil etiladi. Unda ikki nafar hamyurtimiz final yo‘llanmasi uchun ringga ko‘tarilishadi:

-50 kg: Aziza Yokubova — Lorena Valensiya (Kolumbiya),
+81 kg: Mohira Abdullayeva — Xaija Mardi (Marokash).

JCHning yarim finalida mezbonlar, Turkiya terma jamoasi safida eng ko‘p sportchi ishtirok etadi – 7 nafar.
Yarim finalga qolgan davlatlardan qancha sportchi yetib kelganligi bilan quyida tanishing:

5 nafar — Qozog‘iston,
3 nafar — Hindiston, Tailand,
2 nafar — O‘zbekiston, Italiya, Jazoir, Braziliya, Kanada, Irlandiya, Mozambik, Polsha,
1 nafar — Argentina, Bolgariya, Xitoy Taypeyi, Kolumbiya, Fransiya, Kosovo, Litva, Marokash, Niderlandiya, Panama, Ruminiya, Ispaniya, AQSH.

Ma’lumot uchun, O‘zbekiston terma jamoasi esa ushbu nufuzli musobaqaga 10 nafar sportchi bilan jo‘nab ketgan edi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Ikki nafar bokschimiz tarixiy natija qayd etishmoqda